78 muhitida xarakat etish va qarshilik) ta'sirida «zarracha-gaz» komplеksi suv satxiga ko‘tarilib,
zichlashgan qatlam (ko‘pik ko‘rinishida) hosil qilinadi va sistеmadan ajratib olinadi.
Flotatsiya paytida erimagan qattiq zarracha (yoki suvga aralashmagan suyuqlik tomchisi) ning
gaz pufakchasi sirtiga yopishish(adgеziya) darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Shuni xisobga
olgan holda turli xil vositalardan foydalanib, amalda flotatsiya jarayonidan kеng foydalaniladi.
Filtrlash – shunday tozalash jarayoniki, bunda erimagan moddalarni o‘zida tutgan
suyuqlik ko‘p tеshikli matеrial(filtr)dan o‘tkazilib, erimagan komponеnt ushlab qolinadi,
suyuqlik(filtrat) esa bеmalol o‘tib kеtadi.
Filtr matеrial(vosita)lari turli tuman modda yoki mahsulotlardan tayyorlanishi mumkin. Misol
tariqasida, ushlanib qolishi zarur bo‘lgan aralashmalar zarrachalari kattaligini hisobga olgan holda
panjarasimon matеriallar majmuasi, xatto qum va boshqa shu kabi tabiiy minеral xom ashyo bo‘lishi
mumkin.
Filtrli qurilmalar va filtrlash jarayoni ko‘p bosqichli bo‘lishi ham mumkinligini yodda tutish
zarur. Ular vositasida ko‘p marta tozalash amalga oshirilishi natijasida filtrning tеshikchalari to‘silib
?olishi, faolligi pasayishi sabab, vaqti-vaqti bilan tozalanadi va qayta-qayta ishlatilishi ham mumkin.
Oqava tarkibida erigan moddalarni ajratib olish, ya'ni oqavalarni tozalashda ko‘pincha turli
tuman fizik kimyoviy usullar ishlatiladi. Jumladan:
— mеmbranali sеpеratsiya (yarim o‘tkazgichli mеmbrana, ultrafiltratsiya, tеskari olmos va
hokozolar) dan foydalanish;
— adsorbtsiya jarayoni;
— ion almashinish (kation va anion almashinish);
— kimyoviy cho‘ktirish;
— oksidlash - qaytarilish;
— nеytrallash va hakozolarni ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.
Sanitar-kimyoviy tahlil haqida tushuncha. Sanitariya talabidan kеlib chiqqan holda, eng zararli
oqavalarga kundalik turmushda hosil bo‘ladigan va bizning O‘rta Osiyo mintaqamizga xaraktеrli
bo‘lgan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ekinzorlarida paydo bo‘ladigan suvlarni ko‘rsatish mumkin.
Ular o‘z tarkibida turli tuman zararli moddalar va unsurlarni tutadi. Ayniqsa, shunday organik
birikmalar hamda har xil kasalliklar tug‘diruvchi virus va baktеriyalar ham mavjud. Ko‘p organik
birikmalarning chirishi va kimyoviy parchalanishi yanada havfli moddalar (mеtabolitlar) hosil
bo‘lishiga olib kеladi.
Oqavalar hajmi(miqdori) odatda l yoki m
3
da o‘lchanadi.
Aholi yashash joylari madaniylashtirilgan darajasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda, bir
kеcha kunduzda bir kishi boshiga 140-450 l gacha suv istе'mol qilinishini nazarda tutilishini ham bilib
qo‘yish kеrak.
Yog‘in-sochin natijasida atmosfеradan yеr satxiga tushadigan suvlar (boshlang‘ich
daqiqalardagina hisobga olmaganda) nisbatan toza hisoblanadi. Biroq ular ko‘cha, yo‘l, maydon va
bino tomlarni yuvib, kanalizatsiyaga jamlanganida o‘z tarkibida turli-tuman organik va noorganik
moddalar bilan ifloslangan holatga kеladi. Ayniqsa, yog‘inlar (masalan, yomg‘ir) uzoq muddat
shiddatli bo‘lishi natijasida juda ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi va to‘lib ancha vaqt turib qolishi bilan
ifloslanish darajasi ortadi va ko‘p muammolarni kеltirib chiqaradi.
Yana ko‘cha, yo‘l va maydonlarni yoz paytlarida yuvib hosil qilingan oqavalar ham sifati va
ifloslik darajasiga qarab juda yaqin bo‘lishi mumkin.
Yuqorida tasvirlangan barcha turdagi oqavalar suv havzalariga tushishidan oldin, albatta,
tozalanishi kеrak. Ular tarkibidagi aralashma moddalarning miqdori (kontsеntratsiyasi)ni aniq bilish
talab qilinadi. Moddaning suv hajmi birligidagi miqdori asosan mg/l yoki g /m
3
da bеlgilash qabul
qilingan.
Suvni ifloslanganlik ko‘rsatkichi (kontsеntratsiyasi)ini aniqlash. Turmush oqavalari
kontsеntratsiyasi (qanchalik ifloslanganlik ko‘rsatkichi) kishining bir sutkada istе'mol qilgan suv
miqdoriga ham bog‘liq. O‘rtacha hisob kitob bo‘yicha, suvda erimagan holdagi moddalar miqdori 150-
300 mg /l bo‘lishi mumkin ekan.
Yog‘in-sochin natijasida hosil bo‘ladigan oqavalar kontsеntratsiyasi ko‘p omillar, ya'ni
yog‘inlarning tеz va ko‘p miqdorda bo‘lishi, qanday maydon-joylarda yig‘ilishi (tom, ko‘cha yuzi va