1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


ELYEKTROLITIK USULDA NIKEL QOPLAMASINI HOSIL QILISH



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   308
ELYEKTROLITIK USULDA NIKEL QOPLAMASINI HOSIL QILISH 
 
Ishning maqsadi.
Po‘lat plastinka sirtini nikel qatlami bilan qoplash orqali uning korroziyaga 
chidamliligini oshirish. 
Kerakli asbob va reaktivlar: 
1.
1-3 l sig‘imli shisha elektrolizer.
2.
8-10 Om li reostat.
3.
5-8 A ampermetr va 5-10 V li voltmetr.
4.
10 V li akkumulyatorli batareya yoki o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka 
aylantiruvchi asbob.
5.
Po‘lat va nikel elektrodlar. 
6. Nikel sulfat, xrom (III)- oksid (yoki alyuminiy oksid), kaltsiy gidroksid (yoki natriy 
gidroksid), 3-5 % -li sulfat kislota eritmasi va nikellovchi vannaga kerakli boshqa reaktivlar 
(nikellash uchun kerakli elektrolit tarkibi, g/l hisobida: nikel sulfat 150-200; natriy sulfat -70; 
magniy sulfat -10; borat kislota-30; natriy xlorid-5).
 
Ishning bajarilishi 
 
Nikellashda quyidagi ishlar bajariladi: metall yoki qotishma sirti nikellashga tayyorlanadi, 
nikellanadi va nikel qoplamaga saykal beriladi (yaltiratiladi ). 
Tajriba uchun bir tomonidan kichkina teshik ochilgan to‘g‘ri burchakli umumiy yuzasi 10-15 
sm
2
bo‘lgan) temir plastinka ishlatish qulaydir. 
Plastinka yuzasi shtangentsirkul yoki lineyka yordamida o‘lchanib, hisoblanadi. Plastinka sirti 
jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Plastinka sirtida bir xildagi yaltiroq qoplama hosil qilish uchun, 
plastinka sirti xrom (III) oksid yoki alyuminiy oksid yordamida pardozlanadi, kaltsiy gidroksid yoki 
natriy gidroksid eritmasi bilan artiladi (bu paytda plastinkani pintset bilan ushlanadi) va disterlangan 
suv bilan yuviladi. Shundan so‘ng plastinka sulfat kislotasining 3-5 % li eritmasiga solib qo‘yiladi, 
yana suv bilan yuviladi va nikellash vannasiga solinadi.
Temirni sulfat kislotasi bilan tozalanganda uning kristall strukturasi ochiladi, natijada 
koplamaning temir bilan tutashishi yaxshilanadi.



Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin