246
Reaktsiya o‘tkazilayotganda portlash hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha tajribalar
o‘tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaktsiyalar esa maxsus kabinalarda yoki
himoya ekranlari, qalqonlari bilan jixozlangan yerlarda o‘tkaziladi.
Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki yengil yonuvchi moddalar bilan shunchaki aralashtirish
mumkin emas, chunki bu o‘z-o‘zidan yonib ketish va portlashga olib kelishi mumkin.
Yog‘li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan saqlanish
lozim, chunki yog‘ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab ketib, qizigan yog‘ni atrofga
sachratib yuboradi. Yog‘ bilan ifloslangan latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, o‘z-
o‘zidan yonib ketishiga moyil bo‘ladi.
Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, moboda to‘kilib ketsa, u
soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas.
Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik choralari
Yonuvchi va ayniqsa tez olangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda qizdirish yoni
alanga yaqinida saqlash qatiyan mumkin emas. Bunday moddalar suv, yoki havo hammomlarida elektr
qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va haydaladi. Bunday hammomlarning qizdiruvchi va tok
o‘tkazuvchi qismlari yaxshilab himoyalangan bo‘lishi kerak.
Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi tez
alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo‘q so‘ruvchi shkafda
o‘tkaziladi.
Yongil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo‘lgan suyuqliklarni qizdirishda pribor tagiga,
avariya sodir bo‘lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo‘sh kyuvetalar qo‘yilish kerak. Tajriba
tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig‘ishtirish lozim.
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo‘ladi va ular inson organizmiga havo bilan
kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalar bilan olib boriladigan
ishlar yopiq, so‘ruvchi shkaflarda olib boriladi.
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag‘darish mumkin emas. Ishlatilgan bunday modda
qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to‘planib maxsus quduqlarga to‘kiladi.
Dostları ilə paylaş: