1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   308
245 
 
Kimyoviy moddalarni ta‗mini bilish yo‘li bilan tekshirish mumkin emas. Xidlaridan ajratish 
uchun nixoyatda extiyotlik bilan, chuqur nafas olmay gazlarni yoki bug‘larni qo‘l panjasi yordamida 
asta-sekin harakatlantirib tekshirish mumkin. 
Har qanday noma‗lum moddaga «u zaharli» deb yondoshish kerak. 
Zaharli gazlar va moddalar bilan hamda o‘zidan zaharli gaz yoki bug‘ ajratadigan moddalar 
(tsian birikmalari, xlor, brom, serevodorod, ammiak, organik eritmalar, uchuvchan kislotalar va 
boshqalar) bilan o‘tkaziladigan ishlar germetik yopiq, yaxshi shamollatiladigan so‘ruvchi shkaflarda 
bajarilishi kerak. 
O‘yuvchi va kuydiruvchi moddalar bilan ish bajarilayotganda albatta xalat kiyilgan va tugmalari 
taqilgan bo‘lishi kerak. 
Kimyoviy eritmalar birdan qaynab toshib ketmasligi uchun, ular qaynatilayotgan idishlarga bir 
nechta shisha kapillyar (naycha)lar yoki chinni parchalari tashlab qo‘yilishi kerak. 
Reaktsiya ketayotganda idishlar ustiga, ayniqsa qizdirilayotganda, egilish mumkin emas. 
Reaktorlarning chiqish teshiklarini ham teskari tomonga to‘g‘rilab qo‘yish kerak. 
Agar bajarilayotgan ish o‘yuvchi, zaharli, tez alangalanadigan, portlovchi moddalar bilan bog‘liq 
bo‘lsa va ular yuqori yoki past bosimda o‘tkazilayotgan bo‘lsa va nihoyat ushbu reaktsiyalar natijasida 
yarador bo‘lish, kuyish, ko‘zga zarari tegishi mumkin bo‘lsa, albatta ximoya ko‘zaynaklari yoki 
organik oynadan, metall to‘rdan qilingan niqoblar taqiladi. 
Xech qanday moddani etiketka yoki yozuvsiz koldirish mumkin emas. Biror moddadan 
foydalanilganda etiketka yoki yozuvlarini diqqat bilan o‘qish kerak. Agar shubhali bo‘lsa, darhol 
tekshirib ko‘rih kerak. 
Yong‘indan havfli, portlashdan havfli, zaharli, o‘tkir hidli moddalarning qoldiqlarini rakovina 
yoki axlat idishlariga tashlash man etiladi. Aksincha ularni maxsus idishlarga yig‘ib, iloji boricha 
zararsizlantirib maxsus jixozlangan quduqlarga ag‘darish kerak. Rakovinaga faqat suv va 
neytiralangan eritmalar qo‘yish mumkin. 
Kimyo laboratoriyalarida yolg‘iz tajriba o‘tkazish mumkin emas. Xonada eng kamida ikki kishi 
va ulardan biri esa boshliq bo‘lishi kerak. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin