1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


SIMOB BILAN ISHLASHDAGI HAVFSIZLIK QOIDALARI



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   308
SIMOB BILAN ISHLASHDAGI HAVFSIZLIK QOIDALARI 
Metall holdagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq xolda keng qo‘llaniladi 
(reometrlar, termometrlar va xokazo). Simob va uning ba‗zi tuzlarining bug‘lari kumilyativ ta‗sirli 
kuchli zaharlardir. Simob bug‘uning havodagi kontsentratsiyasi 0,01 mg/m3 dan oshmasligi kerak. 
Simob bug‘lari suvoq, yog‘och, latta, zang kabilarga yaxshi yutiladi va keyinchalik 
desorbtsiyalanib bug‘lanadi. Metall xoldagi simob polga to‘kilib ketsa, uning juda mayda zarrachalari 
devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so‘ngra asta bug‘lanib yotishi mumkin. Simob solingan 
priborlar (masalan monometrlar, reometrlar) xonalarga o‘rnatilganda ular ostiga maxsus idishlar 
o‘rnatilishi kerak. 
Beihtiyor to‘kilib ketgan simob, tezda maxsus so‘rg‘ich yoki nasos yordamida yig‘ib olinishi 
kerak. Mayda zarrachalar esa amalgamalangan (Zn) plastina yordamida yig‘ib olinadi. So‘ngra pol 3% 
li kaliy permanganat eritmasi 1 litr 20% li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml kontsentrlangan sulfat 
kisotasi qo‘shib tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari demerkurizatsiyalanadi. So‘ngra 
esa xona xavosi simob miqdoriga analiz qilinadi. 
SHishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari 
Yuqori devorli shisha idishlarni og‘zini tiqinlar bilan yopayotganda uning bo‘ynini tiqinga yaqin 
yeridan ushlash kerak. 
Qizib turgan shisha idishni sovumay turib shliflangan tiqin bilan yopish mumkin emas. 
Suyuqliklarni shisha idishlarida isitish, qaynatishni so‘ruvchi shkaflarda olib borish kerak. 
Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari 
Yoqib qo‘yilgan gaz gorelkalari va boshqa qizdirish priborlarini nazoratsiz qoldirish kerak emas. 


247 
 
Gorelkadan foydalanayotganda olanga gorelkaning ishda yonishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Alanga gorelkaga so‘rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim. 
Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining ostiga asbest, 
marmar, g‘isht kabi ximoya vositalaridan qo‘yib foydalanish kerak. 
Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda foydalanilganda xavfsizlik 
qoidalari 
Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida sikilgan holda, uglekislota, ammiak xlor 
serevodorod kabi gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma xolda bo‘ladi. Atsetilen balloni 
g‘ovak ko‘mir va erituvchi (atsiton) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. 
Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to‘ldirilgan ballonlarga 
nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo‘lgan uchun, ular bilan juda ehtiyotlik 
bilan muomila kilish kerak. 
Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo‘lishi, zaharli gazlar solingan ballonlarning 
shtutserlari esa qo‘shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Yonuvchi gazlar 
(masalan vodorod) solinadigan ballonlarning shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. Bundan maqsad 
xatolik natijasida ularga kislorod quyib yubormaslik yoki aksincha kislorod balloniga yonuvchi gaz 
quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o‘zining bo‘yaladigan rangiga, markirovakasi (belbog‘ 
rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko‘rsatilgan yozuvga ega bo‘lishi kerak. Ballonlar ma‗lum muddat 
ishlatilgandan so‘ng, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab ko‘riladi va mahsus belgilar 
qo‘yiladi. Sinov muddati o‘tib ketgan ballonlarni ishlatish qat‗iyan mumkin emas. 
Ballonlar quyidagi sabablarga ko‘ra portlab ketishi mumkin. 
a) Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba‗larining ta‗siri natijasida; 
b) Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki ularni urish
v) Kislorod ballonlarining yog‘, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi. 
Ballonlar isitish manba‗laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5 metr 
uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib tushmaydigan qilib qotirilgan 
xolda saqlanishi kerak. 
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo‘ljallangan va tegishli ranga bo‘yalgan redukturlar 
yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta tekshiruvdan 
o‘tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul kiluvga xajm uchun lozim bo‘lgan maksimal ishchi 
bosimga rostlangan bo‘lishi kerak. 
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan foydalnmaslikka 
xarakat qilish kerak. Agar foydalanishga to‘g‘ri kelsa nixoyatda ehtiyotlik bilan katta kuch ishlatmay 
harakat qilish darkor, aks xolda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib yuborib ballonning 
portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin