44
osti boyliklari hisobiga o‘lkamizda yangi tarmoqlar—rangli,
qora metallurgiya, yoqilg‘i (neft, gaz,
ko‘mir), energetika, tog‘ qazish va qurilish materiallari sanoati vujudga keldi va rivojlandi.
O‘zbekiston kimyo sanoati uchun eng zarur xomashyolardan biri tabiiy gazdir. Uning Buxoro-
Xiva va Surxondaryo manzillarida 20 dan ko‘p konlari (Gazli, Uchqur, Muborak,
Qorovulbozor,
Sho‘rtan va hakozo) ochilgan.
Organik sintez asosida gazdan xalq xo‘jaligi uchun kerak bo‘lgan sintetik kauchuk va spirtlar,
erituvchilar, medikamentlar va boshqalar ishlab chiqarish mumkin. 1mln. M
3
gazdan 2400 m sun‗iy
ipak matolar, 240—400 kg plastmassa. 320—400 kg sintetik ukauchuk va boshqa narsalar olish
mumkin. O‘zbekistonning asosiy kimyo sanoati gigantlari bo‘lgan «CHirchiqelektrokimyosanoat» va
«Navoiazot» ishlab chiqarish birlashmalari hamda Farg‘onadagi azot o‘g‘itlari
ishlab chiqarish
zavodlarida asosiy xomashyo sifatida tabiiy gaz ishlatiladi.
Respublikamizda neft qazish ishlari 1886 yilda Farg‘onada boshlangan. 1913 yilda 13 ming
tonna neft olingan. Neft konlari asosan Farg‘ona, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida topilgan.
O‘zbekistonda 1917 yilga qadar toshko‘mir qazib olish ishlari tashkil qilinmagan edi.
Toshko‘mirning katta zaxirasi Angrenda topilgan. 1941—45 yillarga kelib Angren koni ishga
tushirildi. Bu kondan 1975 yilda 5 mln.71 ming tonna yoqilg‘i qazib olindi.
Ma‗danli minerallardan bo‘lgan oltin konlari 1960 yildan so‘ng Toshkent, Buxoro, Samarqand
va Namangan viloyatlarida topilgan. +o‘rg‘oshin-rux ma‗danlari Kumushkon, Qo‘rg‘oshinkon,
Cholota (Toshkent viloyati), Uchquloch (Jizzax viloyati) va Xondiza (Surxondaryo viloyati)
konlaridan olina boshlandi. Olmaliq (Toshkent viloyati) koni asosida toza mis metalli olinmoqda.
Volfram va molibden ma‗danlari Samarqand viloyati hududidagi Langar, Ko‘ytosh va Ingichka
konlarida qazib olinmoqda.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda kimyoviy xomashyo sifatida norudali qazilmalar:
kaliyli
tuzlar, fosfatli xomashyo va oltingugurt ishlatiladi.
Kaliyli tuzlar Hisor tog‘ sistemasining janubiy—g‘arbiy tarmog‘idagi konlarda,
fosfatlar
Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va quyi Amudaryo konlarida, oltingugurt esa Surxondaryo, Farg‘ona
viloyatlari va Ustyurt konlarida topilgan. Bu konlardan hali foydalanilmayapti. Oltingugurt Muborakda
qurilgan zavodda (1974 y) gazdan olinmoqda.
Oziq-ovqat, kimyo, qog‘oz va shisha ishlab chiqarish, metallurgiya va yengil sanoatlarida keng
ishlatiladigan norudali xomashyo—natriy xlorid va natriy sulfatlarning katta konlari Buxoro, Hisor va
quyi Amudaryo hududlarida topilgan.
Kimyo, rezina, qog‘oz sanoatida to‘ldiruvchi, hamda keramika va qurilish materiallari ishlab
chiqarishda ishlatiladigan texnik xomashyo—talk —silikatli mineral
О
Н
4SiО
3MgO
2
2
ning katta
zahirasi quyi Amudaryo va Sulton Uvays tog‘larida topilgan.
CHinni va qoplama plitalar zavodi uchun xomashyo-kaolinning katta zahirasi Angrenda, bentonit
konlari esa Oqmozor (Buxoro) va Kattaqo‘rg‘on (Samarqand) da bor. O‘zbekistonda 12
marmar
(Rozg‘on, Kitob, Og‘alik, Jom va hakozo) va 8 granit konlari bor.
Dostları ilə paylaş: