Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 292,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü292,5 Kb.
#167832
  1   2   3   4   5
Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


Mavzu: Buxoro viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
Reja:
Kirish
Buxoro viloyatining geografik o’rni .

Buxoro viloyatining aholsi .

Buxoro viloyatining transporti.

Buxoro viloyatining sanoati .

Buxoro viloyatining qishloq hujaligi.

Buxoro viloyatining erkin iqtisodiy zunasi.

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2.000.255 kishi[1] (2022). Buxoro viloyati tarkibida 11 ta tuman (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 ta shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 ta qishloq bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi — Buxoro shahri.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Yil oxiriga kelib uning tarkibiga Surxondaryo okrugi, Beshkent, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Gʻuzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorakoʻl, Qarshi, Koson, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sverdlov, Chiroqchi tumani, Shofirkon, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari va viloyatga qarashli Buxoro, Gʻijduvon, Kogon, Qarshi va Shahrisabz shaharlari qo'shilgan.
1941-yil 6-martda Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibidan chiqarilib, Surxondaryo viloyatiga aylantirilgan.
1943-yil 20-yanvarda Beshkent, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Chiroqchin, Shahrisabz, Yakkabog‘ viloyatlari hamda Qarshi va Shahrisabz shaharlari Buxorodan yangi Qashqadaryo viloyati tarkibiga o‘tkazilgan.
1943-yil 13-fevralda Olot tumani tashkil etilgan, 1943-yil 2-avgustda Tomdi tumani Qoraqalpogʻiston ASSR tarkibidan Buxoro viloyatiga oʻtkazilgan.
1950-yil 15-aprelda Peshku, 1952-yil 16-aprelda Galaosiyo tumanlari tuzilgan.
1958-yil 22-sentyabrda Karmana tumani Navoiy deb nomlangan.
1959-yilda Galaosiyo, Peshku (1959-yil 19-mart) va Olot (1959-yil 9-dekabr) tumanlari, 1962-yil dekabrda Kogon, Konimex, Qiziltepa, Sverdlovsk va Shofirkon tumanlari tugatilgan.
1964-yil 31-dekabr Kogon, 1965-yil Konimex, 1967-yil 9-yanvar Sverdlov, 1968-yil Shofirkon, 1970-yil Qiziltepa, 1973-yil Olot, 1972-yil Peshku, 1980-yil 12-mart Navbahor, 1982-yilda - Gazli va Uchquduq tumanlari tashkil etilgan. 1972-yilda Zarafshon, 1978-yilda esa Uchquduq viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan.
1982-yil 20-aprelda Navoiy viloyatiga Buxoro viloyati tarkibidan Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi va Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlari kiritilgan.
1984-yilda Gazli tumani tugatilgan.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin:

  1. Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Quljuqtov, Tuzkoy, Jarqoq, Saritosh);

  2. Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir);

  3. Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;

  4. Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl);

  5. Yassi yuzali vohalarda balandligi 5—15 metrli tepalar uchraydi.

Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neft-gaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi, Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq; iyulning oʻrtacha harorati 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90—150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — Amu-Buxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakoʻl, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining soni 1 million 990 ming 400 kishini tashkil etdi - bu O‘zbekiston viloyatlari orasida 9-o‘rin (14 tadan). Qishloq aholisi 62%, shahar aholisi esa 38% ni tashkil etadi[2].

Yüklə 292,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin