Kogon shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktab pedagogika kengashi navbatdan tashqari yig’ilishi bayoni №1/1 dan ko’chirma



Yüklə 20,12 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#165773
sentabr 1-1-pedkengash (2)


Kogon shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktab pedagogika kengashi navbatdan tashqari yig’ilishi
B A Y O N I №1/1 dan ko’chirma
2023-yil 8-sentabr Kogon shahar
Yig’ilish raisi: maktab direktori B.J.Qurbonov
Yig’ilish kotibi: O’IBDO’ K.N.Umarova
Qatnashdi: Kogon shahar XTB vakili D.Ikromova, o’quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari I.N.Nazarov, F.B.Ro’ziyeva,N.I.Klichova, maktab psixologlari N.Teshayeva, M.Ortiqova va 80 nafar pedagog xodim.
K U N T A R T I B I :

  1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823- sonli qarori asosida ishchi guruh tarkibini tasdiqlash

  2. 9-“G” sinf o’quvchisi Mirzayeva Gulsanamni o’quvchilar ro’yxatidan chiqarish to’g’risida

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktorining maktab direktori B.J.Qurbonov so’zi tinglandi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori asosida ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, O’IBDO’, MMIBDO’ va maktab boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi hamda Kuzatuv kengashi raisi Abdullayev Umid va ota-onalar qo’mitasi vakili Faxriddinov Shavqiddin kiritiladi. O’IBDO’ Ishchi guruh kotibi vazifasini bajaradi. Shunday ekan O’IBDO’lari I.N.Nazarov va K.N.Umarova kiritiladi. Kotiblikka K.N.Umarova nomzodini taklif etaman. Qolgan o’rinlarga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori asosida ovoz berish yo’li bilan aniqlaymiz.
Ishchi guruh a’zoligiga har bir metodbirlashmadan nomzodlar aytildi va o’qituvchilar tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan nomzodlar to’plagan ovozlar hisoblab chiqildi. Unga ko’ra ingliz tili fani o’qituvchisi Saidova Shaxnoza 14 ta ovoz, texnologiya fani o’qituvchisi Taxirov Akmal 11 ta ovoz, jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Rasulov Oybek 15 ta ovoz, Shodiyeva Sevara 18 ta ovoz to’pladi va ishchi guruh a’zoligiga tasdiqlandi.
Kun tartibidagi birinchi masalani muhokama etib, maktab pedagogika kengashi yig’ilishi
q a r o r q i l a d i :

  1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori asosida maktabda tashkil etilgan ishchi guruh quyidagi tarkibda tasdiqlasin:

Ishchi guruh raisi-maktab direktori B.J.Qurbonov
Ishchi guruh kotibi-O’IBDO’ K.N.Umarova
Ishchi guruh a’zolari-O’IBDO’ I.N.Nazarov, MMIBDO’ F.B.Ro’ziyeva, boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi M.Sh.Ramazonova, o’qituvchilar Sh.Saidova, A.Taxirov, O.Rasulov va S.Shodiyeva,
Kuzatuv kengashi vakili U.Abdullayev
Ota-onalar vakili Sh.Faxriddinov.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab direktorining maktab direktori B.J.Qurbonov so’zi tinglandi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga asosan, umumiy o’rta ta’lim olish majburiy hamda bepul. Bolalarning bilim olishlari uchun ota-ona mas’ul hisoblanadi. Maktabning 9-“G” sinf o’quvchisi Mirzayeva Gulsanam 2022-2023-o’quv yili davomida maktabga kelmay, sababsiz dars qoldirdi. Natijada dastur materialini o’zlashtira olmadi hamda yakuniy nazorat imtihonlariga ham kelmadi. Shu sababli, bu o’quvchi sinfidan qoldirildi. O’zbekiston Respublikasi XTVning 02.06.2015-yildagi 13-mh sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan “O’quvchilarni sinfdan-sinfga va bir umumiy o’rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom”ga asosan, oquvchi maktabga qaytgach, uning yoshi va bilim darajasiga asosan maktabga tegishli sinfga qabul qilinadi. Ammo, Mirazayeva Gulsanam yangi o’quv yilida ham maktabga qaytgan emas.
Mirzayeva Gulsanam 2023-yil 3-sentabrda 18 yoshga to’lganligi bois, u voyaga yetgan shaxs hisoblanadi va maktab o’quvchilari safidan chiqib, eksternat tartibida mustaqil bilim olish huquqiga ega.
Barcha o’qituvchilar bir ovozdan bu fikrni ma’qulladilar.
Kun tartibidagi birinchi masalani muhokama etib, maktab pedagogika kengashi yig’ilishi
q a r o r q i l a d i :

  1. Maktab direktorining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. 9-“G” sinf o’quvchisi Mirzayeva Gulsanam 2023-yil 3-sentabrda 18 yoshga to’lganligi sababli, 9-“G” sinf o’quvchilari ro’yxatidan chiqarilsin.

  3. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash O’IBDO’ I.N.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.

  4. Ushbu qaror ijro nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.


Majlis raisi: B.J.Qurbonov
Kotibi: K.N.Umarova
Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin