1. O'zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilishining o’ziga xos jihatlari


-Rasm: Buyuk Britaniya Elchixonasi hukumatning iqtisodiyot, ochiq-oydinlik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimi sohasida o’zaro hamkorlik va memorandum imzolanishi



Yüklə 437,41 Kb.
səhifə5/6
tarix14.04.2023
ölçüsü437,41 Kb.
#97880
1   2   3   4   5   6
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarida

2-Rasm: Buyuk Britaniya Elchixonasi hukumatning iqtisodiyot, ochiq-oydinlik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimi sohasida o’zaro hamkorlik va memorandum imzolanishi.
Buyuk Britaniya elchisi O’zbekistonning biznes muhitni yaxshilash, korruptsiyaga barham berish va chet el investitsiyalarini jalb qilish yo’lidagi intilishi juda muhim va ijobiy qadam ekanligini ta’kidlab o’tdi. U hukumatning onlayn portal va boshqa baholash mexanizmlari orqali aholi bilan aloqasini yaxshilashga qaratilgan o’zgarishlar ko’plab ijobiy natijalarni berayotganini aytdi. Elchisi Buyuk Britaniya qo’lidan kelgancha ushbu islohotlarga O’zbekiston institutlari bilan tajriba almashish orqali yoki salohiyatini oshirishni moliyalashtirish orqali yordam berishga mamnun ekanligini bildirdi. Shu yilda Buyuk Britaniya Elchixonasi hukumatning iqtisodiyot, ochiq-oydinlik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga 500,000 AQSh dollaridan ko’proq sarmoya kiritishni ko’zlagan. Shu bilan birga, Jahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqining asosiy donorlaridan biri bo’lgan Buyuk Britaniya har yili O’zbekistonning rivojlanishi uchun ko’plab million dollarli grantlar va imtiyozli kreditlar ajratib kelmoqda.
Xulosa o’rnida, Elchi Allan yana bir bor ‘’Buyuk Britaning O’zbekistondagi islohotlar rejasini qo’llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tdi. Buyuk Britaniya O’zbekistonning kelajagi porloq ekaniga ishonadi va munosabatlarimizning kelayotgan yillarda yana ham kuchayishiga umid bildirib qoladi’’. O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun. Buyuk Britaniya 1991 yil 31 dekabr' kuni mamlakatimiz mustaqilligini tan oldi. 1992 yilning fevralida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hujjatlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarida yangi ijobiy tendentsiya kuzatilib, ular ko‘p qirrali va istiqbolli bo‘lib bormoqda. 2007 yildan 2019 yilgacha O‘zbekistonga Buyuk Britaniya hukumati, parlamenti va boshqa muassasalari a'zolaridan iborat 70 ga yaqin delegatsiya tashrif buyurdi. O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning vakillik organlari tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha guruhlar tuzilgan bo‘lib, ular doirasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Britaniya savdo tasnifida O‘zbekiston "strategik bozorlar" guruhiga kiritilgan. 2019 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 193 million dollardan oshdi, import va eksport ko‘rsatkichlari esa deyarli teng.Faol iqtisodiy hamkorlik O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan britaniyalik sarmoyadorlar sonidan ham dalolat beradi. Bugungi kunda respublikamizda 400 dan ortiq Britaniya ishtirokidagi korxona mavjud bo‘lib, shundan 120 tasi 100 foiz Britaniya kapitali bilan tuzilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotida British-American Tabacco (tamaki ishlab chiqarish), Worley Parsons (dizayn va muhandislik markazi), Rio Tinto (konchilik), ITE (ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish) va boshqalar yetakchi mavqeni egallab turibdi.Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya Kengashi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning so‘nggi 24-uchrashuvi o‘tgan yil 28 fevral-1 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.
Bundan qariyb bir yil avval, 14 fevral' kuni London fond birjasiga 5 va 10 yil muddatga O‘zbekistonning birinchi davlat xalqaro obligatsiyalari (Evrobondlar) 1 milliard AQSh dollari miqdorida joylashtirildi.O‘zbekiston-Britaniya madaniy-gumanitar aloqalari, jumladan, ta'lim sohasida ham izchil rivojlanmoqda.2002 yildan boshlab Toshkentda xalqaro Vestminster universiteti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kembrij universiteti bilan birgalikda Toshkentda yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘quv-tajriba markazi tashkil etdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Britaniya Kengashi vakilligining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan oltita loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari 23 ta hujjatdan iborat bo‘lib, ulardan 15 tasi hukumatlararo va 8 tasi idoralararo mazmunga ega.So‘nggi hujjatlardan biri 2019 yil 31 oktyabr' kuni Toshkentda imzolangan Sheriklik va hamkorlik bitimi bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi munosabati bilan ikki tomonlama aloqalarning uzluksizligini saqlash, shuningdek, Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik bitimidagi ishtirokini to‘xtatishni ta'minlaydi.2017 yilning 26 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatda amaliy tashrifini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e'tibor bergan holda ko‘rib chiqildi.
Britaniya tomoni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqining asosiy qismlari bilan tanishtirildi.



Yüklə 437,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin