1. O'zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilishining o’ziga xos jihatlari


O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari



Yüklə 437,41 Kb.
səhifə6/6
tarix14.04.2023
ölçüsü437,41 Kb.
#97880
1   2   3   4   5   6
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarida

3.O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganligi ta'kidlandi. Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga bo‘lajak tashrifining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Angilya davlati elchisi suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Kudratov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya Kengashining 25-yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
3-Rasm:Muzokaralar yakunida tomonlar koʻrib chiqilgan hamkorlikning barcha yoʻnalishlari doirasida faol va muntazam ravishda muloqot qilish to’g’risida kelishib olindi.
Britaniya tomoni Oʻzbekistonda investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni koʻzlab olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni olqishladi.Suhbat chogʻida tomonlar oʻzaro savdoning ijobiy dinamikasini, xususan, koviddan keyingi davrdagi oʻsishini qayd etdilar. Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 52,5 foizga oshdi. Buyuk Britaniyadan investitsiyalarni jalb qilish koʻrsatkichlari ham sezilarli oʻsishni koʻrsatmoqda.
Moliyaviy-texnik hamkorlik masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Britaniya tomoniga Jahon banki bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotni samarali boshqarish” dasturi (ESD) doirasida Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hayotga tatbiq etishda koʻrsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirildi. “TAF2 COVID19 Rapid Response Facility” granti doirasida pandemiyaning Oʻzbekiston eksport tuzilmasiga salbiy taʼsirini baholash loyihasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar ham qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar koʻrib chiqilgan hamkorlikning barcha yoʻnalishlari doirasida faol va muntazam ravishda muloqot qilishga sodiqligini bildirdilar. Shuningdek, Britaniya tomoni bilan joriy loyihalarni ilgari surish va investitsiya va savdo hamkorligining yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Uchrashuvda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalarda qo‘shma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.O'zaro savdoda ijobiy dinamika qayd etildi.
O‘tgan yil davomida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 15 foizga oshib, 203,2 million dollarni tashkil etdi. Ko‘rsatkichlarni, jumladan, Buyuk Britaniyaga eksportni diversifikatsiya qilish va Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan umumiy imtiyozlar tizimi (GSP Enhanced Framework) benefitsiarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqali oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Masalan, mazkur tizim doirasida 2022-yilda O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga yetkazib berish 30 foizga oshgan.
Investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda Britaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 50 foizdan ortiq o‘sib, 331 taga yetdi. Ular iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.Tomonlar "Standard Chartered" va "UK Export Finance" moliyaviy institutlarini tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, temir yo‘l transportini rivojlantirishga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda o‘tgan yil oxirida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi (UBTIC) yig‘ilishi yakunlari yuqori baholandi. Uning doirasida turli soha va yo‘nalishlarda, jumladan, bank sektori va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar 2023-yilning ikkinchi yarmida Londonda UBTICning yuqori darajadagi uchrashuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarning ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida muntazam uchrashuvlar amaliyotini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Joriy yil 22-noyabrda Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha savdo komissari, Buyuk Britaniyaning Istanbul shahridagi Bosh konsuli K.Poleo bilan uchrashdi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Britaniya hamkorligining keng koʻlamli masalalari muhokama qilindi. Siyosiy, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishning faol dinamikasi qayd etildi.
Oʻzbekiston Buyuk Britaniyaning Preferensiyalar bosh tizimi Kengaytirilgan sxemasi (GSP EF)ning benefitsiar mamlakati maqomini olgani bunga yaqqol dalil boʻla oladi. Ushbu qadam ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish va rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshishi taʼkidlandi.Muloqot chogʻida tomonlar GSP EF benefitsiarining imtiyozli maqomidan samarali foydalanish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni koʻrishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar. Oʻzbekiston ushbu maqomga ega boʻlishi munosabati bilan Buyuk Britaniya bilan oʻzaro savdoni koʻpaytirishning yangi imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida mamlakatmiz vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari uchun tematik seminarlar oʻtkazishga kelishib olindi.Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashning muhim omili sifatida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini bir-biriga yaqinlashtirish boʻyicha birgalikdagi ishlarni faollashtirishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.
Shu nuqtayi nazardan, savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston–Britaniya Kengashining samaradorligi qayd etildi va uning negizida ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida bevosita aloqalarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiluvchi doimiy platforma sifatida Oʻzbekiston-Britaniya ishbilarmonlar Kengashini tashkil etish istiqbollari koʻrib chiqildi.Shuningdek, moliyaviy-texnik hamkorligi sohasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Jahon banki bilan birgalikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotni samarali boshqarish” (EGED) dasturi doirasida Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni ilgari surishda navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish hamda yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish borasida yaqin muloqotda boʻlib turishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati Chiqindilarni boshqarish sohasida olmon tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimiz mutaxassislarining Germaniyaga xizmat safari tashkil etildi. 26-noyabrga qadar davom etadigan tadbirda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Paxtachilik” ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etadi.Tajriba almashishning birinchi kuni biologik chiqindilardan kompost usulida organik oʻgʻit ishlab chiqarish tizimi va infratuzilmasi bilan tanishildi.
Oʻzbekiston sharoitida ushbu tizimni joriy etilishi natijasida yiliga 3,5 million tonna maishiy chiqindilarni poligonlarga tashlanishi oldi olinib, 2,5 million tonnagacha organik oʻgʻit ishlab chiqarishga erishish mumkin.Aytish joiz, organik chiqindilar atmosfera havosiga issiqxona gazlari – karbonat angidrid, metan hamda zaharli gaz — ammiak tashlovchi manbalar hisoblanib, ularni qayta ishlash zararli gazlarni tashlanishini qisqartiradi. Joriy yilning 16 aprel kuni o‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qiladi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018 yili o‘zaro savdo oldingi yilga nisbatan 37 foizga o‘sib, 235,9 million AQSH dollarini tashkil etdi, Buyuk Britaniya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019 yilda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashish chog‘ida Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi. Britaniya tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqotiga ko‘maklashish va Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston ta’lim muassasalari amaliyotida tegishli standartlar va tajribani qo‘llash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Joriy yilning 11 oktabr kuni Bosh vazir o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan yutuqlar hamda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.O'zaro savdo hajmi izchil oshib borib, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 30 foizga o'sgani qayd etildi. Bu ko'rsatkichga hamda Buyuk Britaniya bozoriga eksportni diversifikatsiya qilish va hajmini 50 foizdan ortiq oshirishga boshqa omillar qatorida, O'zbekistonning kengaytirilgan GSP sxemasining benefitsiar maqomini olishi hisobiga erishildi.
O'zbek tovarlari va xizmatlari sifatini oshirish va ularni tashqi bozorlarda ilgari surish uchun Buyuk Britaniyaning ilg'or tajribasi asosida raqamli ekotizim konsepsiyasini tayyorlash hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekistonda Britaniya kompaniyalarining qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, to'qimachilik, shuningdek, IT sektori va yashil iqtisodiyot kabi sohalarda investitsiyaviy faolligini kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirish va O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi bo'yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga doir qo'shma amaliy chora-tadbirlar ko'rishga o'zaro tayyorlik bildirildi.Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari alohida tartibda muhokama qilindi. Savdo va investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Orolbo'yi mintaqasida ekologik inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun C5+1 formatidagi muloqotni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.Suhbatda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Kristofer Allan ham ishtirok etdi.

Xulosa
Shuni xulosa qilib atish mumkinki ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar yillar sayin mustahkamlanib boriyabdi har soxada hamkorlik olib boorish yo’lga qo’yilmoqda ta’lim tizimida alohida etibor berilomoqda. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni ilgari surishda navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish hamda yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish borasida yaqin muloqotda boʻlib turishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiChiqindilarni boshqarish sohasida olmon tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimiz mutaxassislarining Germaniyaga xizmat safari tashkil etildi.26-noyabrga qadar davom etadigan tadbirda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Paxtachilik” ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etadi.Tajriba almashishning birinchi kuni biologik chiqindilardan kompost usulida organik oʻgʻit ishlab chiqarish tizimi va infratuzilmasi bilan tanishildi.


Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:
1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardan milodning V asrigacha).T.:”O’qituvchi”.2001.
2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.
3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ”O’qituvchi”.2001.
4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ”O’qituvchi”.2001.
5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.
6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001
7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:”Turon-Iqbol” 2005. 139-156 bet



Yüklə 437,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin