1.2-jadval.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ohirgi 50 yil ichida birlamchi (rudadan) va ikkilamchi (metall parchalari va chiqindilaridan) xom ashyodan rangli metallarni ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik o‘sish dinamikasi
Metall
|
O‘rtacha yillik
o‘sish surati, %
|
Alyuminiy
Birlamchi xom ashyodan
Ikkilamchi xom ashyodan
|
6,7
5,9
7,4
|
Mis
Birlamchi xom ashyodan
Ikkilamchi xom ashyodan
|
2,6
2,5
2,9
|
Qo‘rg‘oshin
Birlamchi xom ashyodan
Ikkilamchi xom ashyodan
|
2,1
0,8
4,8
|
Qalay
Birlamchi xom ashyodan
Ikkilamchi xom ashyodan
|
1,0
1,5
0,8
|
Hammasi
Birlamchi xom ashyodan
Ikkilamchi xom ashyodan
|
4,1
4,0
4,2
|
1.2. O‘zbekistonda metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi korxonalar
Respublikamizda metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi ikkita yirik korxona mavjud: «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasi va «Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» ochiq hissadorlik jamiyati.
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasi
«O‘zbekiston metall kombinati» hissadorlik ishlab chiqarish korxonasi (“O‘zmetkombinat” HICHK) faqat O‘zbekistonda emas, balki Markaziy Osiyodagi ikkilamchi qora metallar ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Bu korxona ikkilamchi qora metall temir-tersaklari va chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Korxona ish faoliyatini 1944 yil 5 martda marten pechini ishga tushirilishidan boshlagan. 1994 yilda korxona Shirin mashinasozlik zavodi «Ikkilamchiqorametall» birlashmasi bilan birlashtirilib, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga (“O‘zmetkombinat” HICHB) aylantirildi. O‘tgan yillar davomida kombinat texnik rivojlanishga katta e’tibor berib, yangi texnologik liniyalarni qurishga, zamonoviy texnologiyalarni qo‘llashga, mavjud dastgohlarni rekonstruksiyalashga muvofiq bo‘lindi. To‘xtovsiz po‘lat quyush qurilmasini ishga tushirilishi (1962 yilda), po‘lat quyush kovshlarini hajmini ko‘payishi, «300» stanini rekonstruksiya qilinishi, olinayongan mahsulot sifatini ko‘tarilishiga, ish effektini oshishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |