22. Quyidagi shaxslardan qaysi biri Turkiston Muxtoriyatida hukumat rahbari lavozimida ishlamagan? A) Mustafo Cho‘qay B) Muhammadjon Tinishboyev C) Kichik Ergash D) Katta Ergash
23. Qachon “turli musulmon guruhlarning birlashgan kengashi” o‘tkazilgan edi? A) 1917-yil 17-22-sentabrda B) 1917-yil 15-22-noyabrda C) 1917-yil 12-15-noyabrda D) 1917-yil 16-23-aprelda
24. Ispaniya fuqarolar urushi bo‘lgan yillar oralig‘ida jahon tarixida qanday voqealar yuz bergan? 1) Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi.
2) yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida Mo‘g‘uliston hududiga bostirib kirdi.
3) Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi.
4) Germaniya tomonidan Avstriya anshlyus qilindi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4
25. Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o‘zgarishlarga qonuniy tus bergan so‘nggi yirik shartnoma qaysi? A) Vashington shartnomasi B) Rapollo shartnomasi C) Myunxen shartnomasi D) Lozanna shartnomasi
26. Quyidagi ta’rif qaysi davlat haqida ekanligini aniqlang. “1992-yildan g‘alla eksport qilishni boshladi. Mamlakat ko‘plab, jumladan, yuqori texnologiya mahsulotlarini ham eksport qiladi. Masalan, yuqori sifatli kompyuter dasturlarini sotishdan yiliga bir necha milliard dollar foyda olmoqda.” A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Turkiya
27. Qaysi davlatdagi ommaviy norozilik chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda «Yevromaydan» nomini olgan? A) Belorusiya B) Moldova C) Qirg’iziston D) Ukraina
28. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufga o‘tgan yilda ... A) «O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi tasarrufga olish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi B) Davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik kengashi tuzildi. C) Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi. D) O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi