7. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari uzil-kesil shakllangan davrda… A) Levant yo‘li faoliyat olib bordi. B) Fransiyada qishloq xo‘jaligining, hunarmandchilik va savdoning o‘sishi boshlandi C) Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg‘on qabilalarining hujumlari va joylashuvi g‘oyat kuchaygan D) Yevropaning deyarli mamlakatlari o‘z universitetlariga ega bo‘lishadi
8. Quyidagilardan xronologik xatoni toping. A) mil.avv. I mingyillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. B) Ko‘p sonli kuchli qo‘shin tuzgan Mali hukmdori Sundiata Keyt 1230-1255-yillarda hukmronlik qilgan. C) Lashkarboshi Van Gon asos solgan Koryo sulolasi 918- 1392-yillarda hukmronlik qilgan. D) XII-XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o‘rnatildi
9. Xitoyda Mo‘g‘ullarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchaygan davrda yuz bergan voqeani toping. A) Mali davlati butunlay inqirozga yuz tutdi B) Inklar Kusko shahriga asos soldi C) Qo‘ng‘irot so‘fiylari Xorazmda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar D) Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashdi
10. Quyidagilardan bir davrda yashagan tarixiy shaxslarni aniqlang. 1) Mustafo III 2) Igantiy Layola 3) Jan Kalvin
4) Filipp Anjuy 5) Tomas Jefferson 6) Lomonosov
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5
11. Quyidagilardan Buyuk dehqonlar urushi nihoyasiga yetgan va “Iso jamiyati” ta’sis etilgan yillar oralig’ida sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) F. Magellan ekspeditsiyasining omon qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, Ispaniya qirg’oqlariga yetib keldi B) Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib oldi C) Hindistonda Humoyun taxtni egalladi D) “Don Kixot” asarining muallifi tavallud topdi