1. Parametrik tenglamalar va ularning mazmuni. Hosila tushunchasi. Egri chiziq urinmasi va normal tenglamalar



Yüklə 136,36 Kb.
səhifə3/9
tarix01.12.2023
ölçüsü136,36 Kb.
#170372
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Parametrik tenglamalar va ularning mazmuni. Hosila tushunchas

Egri chiziq urinmasi
Siz aylananing urinmasi tushunchasi bilan tanishsiz. Aylanaga o‘tkazilgan urinma shu aylana bilan yagona umumiy nuqtaga ega, shuningdek aylana to‘g‘ri chiziqning bir tomonida joylashgan bo‘lar edi. Endi tekislikda ixtiyoriy egri chiziq berilgan bo‘lsa, unga o‘tkazilgan urinmani qanday aniqlash mumkin degan masalani qaraylik.
U rinmani egri chiziq bilan yagona umumiy nuqtaga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq sifatida aniqlash mumkin emas, chunki, masalan y=ax2 parabolaning o‘qi parabola bilan faqat bitta umumiy nuqtaga ega, lekin parabolaga urinmaydi. Egri chiziq urinma to‘g‘ri chiziqning bir tomonida joylashishi muhim xususiyat emas, chunki y=ax3 egri chiziqqa abssissa o‘qi (0;0) nuqtada urinadi, lekin egri chiziq bu o‘qni shu nuqtada kesib o‘tadi. Urinmaning egri chiziq bilan yagona umumiy nuqtaga ega bo‘lishi ham uning muxim

1-chizma
2-chizma


xususiyati bo‘la olmaydi. Masalan x=1 to‘g‘ri chiziq y=sinx sinusoida bilan cheksiz ko‘p umumiy nuqtaga ega, ammo u sinusoidaga urinadi. (1-chizma)
Urinmaga ta’rif berish uchun limit tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Faraz qilaylik G biror egri chiziq yoyi, M0 shu egri chiziqning nuqtasi bo‘lsin. Egri chiziqqa tegishli N nuqtani tanlab, M0N kesuvchi o‘tkazamiz. Agar N nuqta egri chiziq bo‘ylab M0 nuqtaga yaqinlashsa, M0N kesuvchi M0 nuqta atrofida buriladi. Shunday holat bo‘lishi mumkinki, N nuqta M0 nuqtaga yaqinlashgan sari M0N kesuvchi biror M0T limit vaziyatga intilishi mumkin. Bu holda M0T to‘g‘ri chiziq G egri chiziqning M0 nuqtasidagi urinmasi deyiladi. (2-chizma)

3-chizma 4-chizma 5-chizma


Agar kesuvchining limit holati mavjud bo‘lmasa, u holda M0 nuqtada urinma o‘tkazish mumkin emas deyiladi. Bunday hol M0 nuqta egri chiziqning qaytish nuqtasi (3,4 -chizma), yoki sinish (o‘tkirlanish) nuqtasi (5-chizma) bo‘lganda o‘rinli bo‘ladi.



Yüklə 136,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin