8. Аpikomplekslarva Infuzoriyalar tipiga kiruvchi parazitlar vakillarining tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari. Аpikomplekslar (Apicomplexa)tipi. Bu tipga 5000 ga yaqin tur kirib, ularning hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan odamlarning turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi.
Shunga ko‘ra quyidagi xususiyatlarga ega,
harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan,
himoya qobig‘iga o‘ralib spora hosil qiladi.
Apikomplekslar tipi 2 ta sinfga bo‘linadi.
Perkinseylar (Perkinsea)
Sporalilar (Sporozoa)
Apikomplekslar tipidan sporalilar sinfiga kiruvchi vakillari mahsuldor hayvonlarda va odamlarda parazitlik qilib og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sporalilar sinfi o‘z navbatida:
8 tа turi pаrrаndаlаrdа parazitlik qilishi аniqlаngаn.
Оdаmlаrdа hаm Eimeria sardinae vа Isospora urug‘i turlаri pаrаzitlik qilаdi.
Eymеriyalar eymerioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlarning ishtahasi pasayadi, o‘sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolarning zax bo‘lishi, eymeriyalar uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon eymeriozi odamga yuqmaydi. Kasallangan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatselin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo‘zg‘atadi.
Toksoplazmalar odamga ovqat mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) va kasallangan uy hayvonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o‘tib, me'da-ichak yo‘llariga tushadi.
Parazitni dastlab 1908-yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda aniqlashgan
Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar (bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, mushak va bosh.) hujayralari sitoplazmasida rivojlanib, to‘qimalarni yallig‘lantiradi.
Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk katta o‘rin tutadi.
Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko‘zning shikastlanishiga sababchi bo‘ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona qornida toksoplazmoz bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og‘ir jarohatlanadi.