1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Lantsetsimon ikki so‘rg‘ichlisi (



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə22/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

Lantsetsimon ikki so‘rg‘ichlisi (Dicrocoelium lanceatum) ning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Lantsetsimon ikki so‘rg‘ichlisi ham jigar qurti kabi chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o‘t yo‘llarida, o‘t qopida parazitlik qiladi.
Bu so‘rg‘ichlining tanasi jarrohlik pichoqchasi(lantset)ga o‘xshaganligi uchun lantsetsimon ikki so‘rg‘ichlisi deb ataladi.
Lantsetsimon ikki so‘rg‘ichlining rivojlanish siklida uchta xo‘jayin qatnashadi.
Asosiy xo‘jayini -har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam,
birinchi oraliq xo‘jayini quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub qorinoyoqli mollyuskalar ,
ya’ni ikkinchi oraliq xo‘jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub chumolilar hisoblanadi
Dikroseliozda kasallik belgilari uncha xarakterli emas. Hayvon kuchli zararlanganda, ko‘krak sohasida shishlar paydo bo‘lishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi va mahsuldorlik pasayishi, ayrim hollarda hatto o‘lim bo‘lishi kuzatiladi.
Paramfistomatalarning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Paramphistomata kenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning oshqozon oldi bo‘limlarida (katta qorinda, ba’zan to‘r qorinda), yoshlari esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlik qiladi.
O‘zbekistonda qoramol va qo‘y-echkilarda Raramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub bir necha tur trematodalar parazitlik qiladi.
Paramfistomatoz :

  • o‘tkir

  • surunkali shaklda kechadi.

O‘tkir paramfistomatoz 1,5-2 yoshli buzoqlarda kuzatiladi. Hayvonlarda ishtaha yo‘qoladi, holsizlanadi, uzoq vaqt yotadi, ich ketish, ich qotishi bilan almashib turadi.
Surunkali paramfistomatozni voyaga yetgan gelmintlar qo‘zg‘atib, trematodalarning oshqozon oldi bo‘limlarida parazitlik qilishidan kelib chiqadi.
Kasallikning bu shaklida hayvonlar keskin ozadi, ko‘pincha yotadi, qoramollarning sut mahsulotlari kamayadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin