9. Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi. So‘rg‘ichlilar (Trematoda)tuzilishi va rivojlanishi. Gelmintlar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o‘rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Gelmintlar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o‘rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar katta tipi o‘z navbatida:
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi.
yassi chuvalchanglar tipida 9000 turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi to‘garak chuvalchanglar tipida 3000 turi, halqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi. Gelmintlar rivojlanish sikliga ko‘ra:
biogelmintlar
geogelmintlarga bo‘linadi.
Biogelmintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo‘shimcha xo‘jayinlar ishtirok etadi: (barcha so‘rg‘ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari). Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo‘jayinlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivojlanadi.
Askarida, bolalar g‘ijjasi va boshqa nematodalar shular jumlasidandir.
Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir:
1) embrional taraqqiyotida ekto, endo va mezoderma qavatlarning rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo‘lishi, 2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko‘pchiligida hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, 3) teri-muskul xaltaning paydo bo‘lishi, 4) tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o‘tishi, 5) tana bo‘shlig‘ining bo‘lmasligi. Yassi chuvalchanglar tipi o‘z navbatida quyidagi sinflarga bo‘linadi, asosiylari quyidagilar:
1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. So‘rg‘ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 3. Monogeneyalar (Monogenea) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi. Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi.
Ularning barchasi yirtqichlar bo‘lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlar hisoblanadi.