1. Payvand birikmalar turlari. Payvandlash usullari


Kontaktli payvandlash usuli



Yüklə 370,35 Kb.
səhifə4/4
tarix03.06.2023
ölçüsü370,35 Kb.
#124518
1   2   3   4
Payvand birikmalar. Payvandlash turlari. Payvand choklar hisobi

Kontaktli payvandlash usuli. Listlar ustma-ust kontaktlanib payvandlansa, chokning mustahkamligi listning mustahkamligiga teng bo’ladi. Shuning uchun bunday hollarda chokni alohida hisoblab o’tirishga hojat qolmaydi.
Listlar ustma-ust ikki xil usulda payvandlanishi mumkin, bulardan biri nuqtaviy, a-rasm ikkinchisi lentaviy, b-rasm payvandlash usullaridir.
Nuqtaviy payvandlashda listlarning payvandlanadigan qismlari ustma-ust qo’yiladi va bir necha nuqtasida biriktiriladi. Bunda har bir nuqtaning diametri listning qalinligiga nisbat tanlanadi, ya’ni:
agarda δ  3 mm bo’lsa d=1,2δ+4 mm
agarda δ > 3 mm bo’lsa d=1,5δ+5 mm
Nuqtali payvand chok orasidagi va qirralardan eng chetidagi nuqtalargacha bo’lgan masofa quyidagicha olinadi (2.6- rasm,a).

Nuqtaviy payvand birikma kesimidagi kuchlanish

bu yerda: z - payvand nuqtalar soni; i - har bir nuqtadagi qirqilish mumkin bo’lgan teksliklar soni.
Kontaktlab payvandlashning lentaviy turi listlarning biriktirilgan qisimlarida lenta shaklidagi chok hosil qilishidan iborat. Bunda chokdagi kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda: v - payvand chokning eni; - chokning uzunligi. Bunday birikmalarda nuqtaviy payvand birikmaga nisbatan kuchlanish to’planishi kam bo’ladi.



6-rasm.


XULOSA
Payvandlash – payvandlanadigan qismlarni, detalarni mahkamlash yoki umumiy qizdirib, plastik deformatsiyalab, atomlararo bog’lanish hosil qilib ajralmas qilib biriktirish jarayonidir. Payvandlashning 60 dan ortiq turi bor (elektr yoyli, elektr shlagi, electron – nur , plazmali, yorug’likli, gazli va boshqalar). Payvandlash dastaki, yarim avtomatik va avtomatik tarzda amalgam oshiriladi. Mashinasozlikda asosan elektr yoy va gaz alangasida payvandlashdan foydalaniladi.
Detalarni payvandlashdan oldin uning qirralari kertib kengaytiriladi, kaustik soda bilan yuvib tozalanadi, yog’sizlantiriladi, jilvirlanadi. O’zgarmas tok manbalaridan to’g’irlagich va o’zgartirgichlardan foydalanilganda manfiy qutbga detal ulansa manfiy qutiblilik, musbat qutibga ulansa to’g’ri qutibli payvahdlash deyiladi. Muisbat qutibga ulanganda isssiqlik ko’p ajralib chiqadi. Payvandlashda elektrodlarning materiali detalning materiali bilan bir hil bo’lishi kerak.

ADABIYOTLAR:





  1. Suloymonov I.S. “Mashina detallari” T.: “O’qituvchi” 1981 y.

  2. Izzatov Z.H. “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasidan kurs loyihalari”. T.: “O’qituvchi” 1978 y.

  3. Botirmuxammedov Z.K. . “Mashina detallari”, “Ko’tarish – tashish mashinalari”. T.: “O’qituvchi” 1994 y.

  4. Tojiboyev R.N.Jo’rayev A. “Mashina detallari” T.: “O’qituvchi” 2002 y.

  5. Tojiboyev R.N., Shukurov M.M., Suloymonov I. “Mashina detallari kursidan masalar to’plami” T.: “O’qituvchi” 1992 y.

Yüklə 370,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin