Elektr yoyi yordamida payvandlashda maxsus elektroddan (ustki qismi suyuq shisha aralashmasi qoplangan metall sterjen) foydalaniladi. Payvandlash jarayonida erigan metal chok hosil qiladi, bunda sterjen ustidagi aralashma erib chokni ustini qoplaydi (flyusi) bu esa xavo tarkibidagi kislorod va azotdan chokni saqlaydi, natijada chok sifatli bo’ladi.
Dastaki yordamida kam, o’rtacha uglerodli po’lat materiallarni payvandlashda E34, E42, E42A, E46, E46A va boshqa markali elektrodlar ishlatiladi. E xarfi keyingi sonlar mustahkamlik chegarasini eng kichik qiymatni bildiradi. Masalan E46A mustahkamlik chegarasi σm=460 MPa, A xarfi payvand chok sifatli ekanligini bildiradi.
Dastaki yordamida kalta, noqulay joylashgan choklarni hosil qilishda foydalaniladi. Katta seriya bilan tayyorlanadigan konstruksiyalarni hosil qilishda avtomatik chok hosil qiluvchi uskunalarda foydalaniladi, bunda unumdorligi dastaki yordamiga bajarilgan ishga nisbatan 10÷20 maratagacha oshadi.
Kontakt payvandlashda – biriktiriladigan joyda kerakli darajada tok yordamida qizdiriladi, bunda ulanadigan joyi plastik xolatga keladi, unda detallar ma’lum kuch bilan siqilganda payvand chok hosil bo’ladi.
Detallarni o’zaro uchma-uch, ustma-ust va burchak ostida payvandlash mumkin.
Payvand choklar shakliga qarab ustma-ust va burchakli choklarga bo’linadi.
Uchma-uch payvandlash. Detallarning bir tekislikda joylashgan ikki uchini bir-biriga uchma-uch payvandlash natijasida hosil bo’lgan payvand chok uchma-uch payvand chok deyiladi. Odatda, ulanadigan detallarning uchlariga
mahsus ishlov berib, payvandlash uchun tayyorlanadi.
1-rasm.
Payvand choklarning mustahkamligini hisoblashda chokning ko’ndalang kesimida ta’sir etayotgan kuchlanish qiymati uning hamma nuqtalarida bir xil deb qabul qilinadi va bu kuchlanishning qiymati payvand chokka ta’sir qiluvuchi kuchlarga nisbatan quyidagicha aniqlanadi.