1. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Pedagogika atamasi, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogika fanining metodologiyasi, ob’yekti, asosiy kategoriyalari


Pedagogikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 66,18 Kb.
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü66,18 Kb.
#117138
1   2   3   4
1 Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan Pedagogika at

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Pedagogika ta`lim - tarbiya ma q sadini jamiyat talablariga va
o` q uvchilarning yosh hususiyatlariga q arab mazmunan o`zgarib borishini
o`rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular
o`rtasidagi alo q a va bog’lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta`lim va
tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi
rivojlanish istiqbollarini, yo`llarini ko`rsatib beradi.
Pedagogika ma ktab, kollej va akademik litseylar va maktabdan
tashqari muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg’or tajribalar bilan
qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to`g’ri tarbiya qilish, o` qitishdagi
mahoratini yanada takomillashtirish yo`lida amaliy tavsiyal ar beradi.
Tarbiya - o`sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida a qliy
kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e`ti qod, burch va mas`uliyatni jamiyatimiz
kishilariga xos bo`lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi ma qsadni ifodalaydi.
Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan
jarayondir. Shu sababli, tarbiya so`zi ko`p va qtlarda ta`lim, ma`lumot
jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya -ta`lim va
ma`lumot natijalarini o`zida aks ettira di.
Ta`lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o`tkaziladigan,
o` quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish
qobiliyatlarini o`stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan
jarayondir.
Agar tarbiya bola tug’ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada,
maktabda va jamoatchilik ta`sirida shakllansa, ta`lim chegaralangan (masalan:
sinf xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O` qituvchi-tarbiyachi
rahbarligida muayyan belgilangan va qtda olib boriladi.
Ma`lumot ta`lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko`nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta`lim, tarbiya va ma`lumot uyg’unlashgan yagona jarayon bo`lib,
o` qituvchi-tarbiyachi ularning shakllan ishida yetakchilik qiladi. O` qituvchi
maktabda dars berar ekan, o` quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor
qiladi, ma`lumotli qilishni maqsad qilib qo`yadi, ayni paytda ularda insoniy
sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi.
Pedagog o` quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik
kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti -harakat va fe`latvorlariga doimo ta`sir ko`rsatadi.
Ijtimoiy hayot tajribasining ko`rsatishicha, agar inson o`z shaxsiy
manfaatini ko`zlab o` q i sa, o`rgansa, o`z ustida tinmay q unt bilan
shug’ullansa, u oliy ma`lumot olishi mumkin. Lekin ha qiqiy mukammal kamolot
egasi bo`lishi uchun u ta`lim va ma`lumotdan tash qari, yuksak insoniy
fazilatlar asosida tarbiyalangan bo`lishi shart. Ana shu fazilatlarga ega bo`lgan
odamni tarbiya ko`rgan odam deyiladi.

Yüklə 66,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin