1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari


-mavzu: PEDAGOGIK EKSPERIMENT (2-SOAT)



Yüklə 231,52 Kb.
səhifə15/20
tarix05.12.2023
ölçüsü231,52 Kb.
#173644
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar -fayllar.org

12-mavzu: PEDAGOGIK EKSPERIMENT (2-SOAT)

Reja:
1.Pedagogik eksperiment metodi haqida tushuncha.
2.Eksperiment nazariyasi va uning ilmiy asoslari.
3.Pedagogik eksperiment obyektlari.
4.Eksperiment metodini qo‘llash yo‘llari.
Asosiy tushunchalar: pedagogik eksperiment, ilmiy-tadqiqot metodi, ilmiy faraz, obyekt, subyekt, fakt, natija.
Eksperiment ( lotincha - sinab kurish, tajriba) tadqiqotining yetakchi metodi hisoblanadi. Eksperimentning maqsadi maxsus tashkil qilingan sharoitda, tadqiqotchining kontrolligida pedagogik protsess, hodisa, pedagogik munosabat va boshqalarni o‘rganish. Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab muammolari o‘rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar yaratiladi.
Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy protsess mazmuni va metodlarini turli kurinishda o‘zgartiradi va bu bilan qaysi variant to‘g‘riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz qilib. takkoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni ko‘rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariya yaratiladi.
Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K. Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va boshqalar).
Eksperimentda tadqiqot obyektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik eksperiment obyektlari quyidagilar bo‘lishi mumkin.
Pedagogning ma’lum sharoit va yo‘nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi.
O‘quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo‘nalishi, harakteri va darajasi.
3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta’sirlarga munosabati, bilim va axloqiy normalarini egallash yo‘llari.
4. O‘quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo‘nalishi, alohida shaxsga ta’sir kuchi, jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar.
Pedagogik eksperiment obyekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo‘ladigan ta’sirlar ham bo‘lishi mumkin.
Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo‘nalishida uning urni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo‘ladi: obyekt bilan maxsus ish olib borish ( ta’lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini o‘zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro‘yxatga oluvchi ma’lumotlarni tuplash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham kullaniladi).
Eksperimental ishning birinchi bo‘limi - bolalarga ma’lum tarbiyaviy maqsadlarga ta’sir metodlari va stimullari orkali tashkil qilingan sharoitlar asosida amalga oshiriladi ( rejim, an’ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar).
Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta’sirlarni nazorat ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma’naviy dunyosiga ta’sir qiladigan, bir maqsadga ko‘rsatilgan tashqi ta’sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan yo‘nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment o‘tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik kurish, pedagogik vaziyatni o‘rganish lozim. Pedagogik munosabatlar pedagogik etika normalariga rioya qilingan holda tashkil qilinadi.Tadqiqotchi o‘quvchilar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi, ular bilan birga “ yashashi” lozimki, xech kim o‘zining tekshirilayotganligini, tajribadaligini sezmasin.
Tayyorgarlik davomida eksperimental ishni boshlashdan oldin zarur ma’lumotlar tuplanadi: eksperimentining texnikasi va metodikasi ishlab chiqiladi va shunday ishlab chiqiladiki, tashkil qilingan pedagogik faoliyat tashqi faktorlar ta’siriga yo‘l kuymaydigan tarbiyaviy faktor bulsin.
Eksperimentning mazmuni hozirgi zamon fanining tayanch g‘oyalari va shu bilan bir vaktda tadqiqot faraziga asoslanadi. Sh.I.Ganelin farazni tadqiqotning o‘zagi va yuragi deb atagan edi. Unda tadqiqotning nazariy asosi taxminiy bayon etiladi. Faraz faktlarni tuplash va olingan materiallarni analiz qilishga ma’lum yo‘nalish beradi.
Faraz tadqiqotning borishi va natijasini oldindan biladi va undan muammoni yechilish loyixasi belgilanadi.
Faraz tekshirilmagan g‘oya bo‘lganligi sababli ham unga ma’lum tavakkal bo‘ladi va ba’zi xatolir, muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘lishi mumkin. Xato va muvaffaqiyat-sizliklarni turli yo‘llar bilan kamaytirish mumkin: Birinchidan, fanning eng kiyingi yutuqlariga asoslanish lozim. Eksperiment ishimizda fanning yangi Qonun qoidalari yetakchilik rolini o‘ynashi lozim. Bu fanning yetakchi g‘oyalarini chukurlashtirsh va aniqlashtirishga yordam beradi, shuningdek, muhimi eksperimentni muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlaydi. O‘quv - tarbiyaviy jarayon kanchalik ilmiy tashkil qilingan bo‘lsa, u shunchalik samarali bo‘ladi va eksperimental ishlarni shunchalik, kurkmasdan dadillik bilan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Fanda yangini izlash hozirgi zamon pedagogika va psihologiya fani yutuqlariga tayangan holdagina mumkin bo‘ladi.
Esperimentda uchraydigan muvaffaqiyatsizliklarni oldina olishning ikkinchi yo‘li - ilmiy izlanshni asta - sekin murakkablashtirib borish. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni birdaniga tamoman o‘zgartirish mumkin emas. Bolalar bilan ishlashning yangi mazmuni va metodikasi maktab, sinf hayotiga asta- sekin kirib boradi. Tadqiqotchi o‘zining namunasi, o‘qituvchiga o‘rtoqlik yordami orkali tarbiyaning yangicha turini o‘rganishga yordam beradi, amaliy tajribada yangi metodikaning katta samarasiga ularni ishontiradi. Shuning bilan birga eksperimentda o‘zini qiziqarli g‘oya vaniyatlardan voz kecha bilish ham lozim.Bunda har bir muvaffaqiyatsizlik sabablarini izlash, ularni izlaganda faqat o‘qituvchi kamchiliklari yoki o‘qituvchining tarbiyalanganlik darajalaridan emas, balki farazlarning, gepotezalarning noto‘g‘riligidan izlash, muvaffaqiyatsizliklar va xatolarning sabablarini, ilmiy tushuntirish yo‘llarini izlash lozim.
Ekspermentdagi uchraydigan noto‘g‘ri voqea, hodisalarning oldini olishning uchinchi yo‘li - uni muxokama qilish, ishni boshlashdan oldin, har bir etap oxirida va eksperiment oxirida uni ilmiy va pedagogik jamoada keng muxokama qilish. Jamoa muxokama natijalarini olingan faktlarni aniq va chukurrok tahlilqilishga yordam beradi. Tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Eksperment samarasini oshirish va kamchiliklarning oldini olishning turtinchi yo‘li - ilmiy tadqiqot guruxini tashkil qilish
( ilmiy jamoa, ilmiy laboratoriya ) Ekspermentda bir kancha har - xil hayotiy tajribaga, yoshga, kvalifikatsiya va boshqalarga ega bo‘lishgan shaxslarning qatnashuvi eksperimental ishni faqat obyektiv va har tomonlama baholash uchun foydali bulib qolmay, balki eksperiment metodikasini ishlab chiqish, xatolar va muvaffaqiyatsizliklarni tez va samarali yo‘qotish, tadqiqotchilik faoliyatida tajriba almashish uchun juda foydalidir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bir o‘qituvchi rahbarligidagi student - tadqiqotchilar guruxi tashkil qilinayapti, bir yirik olim tevaragida o‘qituvchi va aspirantlar jamoasi birgalikdagi kompleks mavzularni ishlab chikmokda.
Eksperiment solishtirish va taqqoslash asosida olib boriladi. Shuning uchun tadqiqotni shunday tashkil qilish kerakki, natijada solishtirish va taqqoslash imkoniyati bulsin( faktlar, sonlar).
Olingan eksperiment ma’lumotlarini taqqoslashda turli usullar kullaniladi:
1. Eksperiment sinflardan faktlar nazorat sinflar bilan takkoslagan holda olinadi.Bunda bir guruxdagi tarbiyalanganlik darajasi taxminan bir xil bolalar bilan bir guruxda maxsus ish va boshqasida odatdagidek, tipik ish olib boriladi.
2. 3 - 4 ta tarbiyalanganlik darajasi bir xil bo‘lgan bolalardan tashkil topgan eksperiment sinflarga o‘rganilayotgan xususiyat turli yo‘llar bilan tarbiyalanadi.
3. Eksperiment ishlari bir xil stilda olib boriladi, lekin umumiy tarbiyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan har - xil guruxdagi o‘quvchilar takkoslanadi: Masalan: bilishga qiziqish yaxshi, o‘rta yoki kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarda qanday shakllanadi, o‘qituvchining talabiga jamoadagilar va egoistlar qanday munosabatda bo‘ladi.
4. Yoshiga yoki jinsiga karab ijtimoiy axvoli yashash joyiga karab bolalarning tarbiyasi, o‘z - o‘zini tarbiyalash xususiyatlari takkoslanadi.
Shuning uchun ham eksperimentda solishtirish, taqqoslash muhim bo‘lgan faktlarni qanday metodlar bilan, qaysi vaktda va o‘quvchilarning qaysi guruxlaridan olish, qaysi o‘quvchilar guruxlarini o‘rganish taqqoslashning obyekti qilib olish lozimligini eng avval aniqlash lozim.
Biz ushbu ishda pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlarinig ba’zilari haqida fikr yuritdik. Pedagogik tadqiqot juda mavaffqiyatli bo‘lishi uchun ilmiy- tadqiqot metodlaridan iloji boricha kompleks foydalanmoq lozim. Chunki tadqiqot natijalari obyektiv bo‘lishi va xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu metoddan foydalanib olingan xulosa, boshqalar yordamida teshirib ko‘riladi.Shundagini natija ishonarli, to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlaridan faqat studetlar yoki yosh pedagog- olimlar ilmiy ishlar jarayonida foydalanib qolmasdan,balki ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarin umumlashtirishda yoki o‘qituvchi o‘z tajribalarini takomil-lashtirish uchun ham foydalanishi mumkin. Ijodkor, izlashuvchan o‘qituvchi, pedagogik- ilmiy tadqiqot metodlari yordamida o‘z faoliyatining yangi-yangi sahifalarini ochishi va yuqori natijalarga erishishi mumkin.


Yüklə 231,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin