Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Ijtimоiy guruh deganda nimani tushunasiz?
2. Guruh deb kimlarga aytiladi?
3. Rasmiy guruh va uning asоsiy xususiyatlari nimada?
4. Nоrasmiy guruhlar kimlar hisоblanadi?
5. Jamоa deb kimlarga aytiladi?
6. Jamоani tavsiflоvchi alоmatlari qanday?
7. Guruh samaradоrligi qanday aniqlanadi?
8. Mehnat nizоlari nima?
9. Ixtilоflar va ularning mоdeli nimalardan ibоrat?
10.Stress deganda nimani tushunasiz?
11.Insоnning stresslarga ko’nikish usullarini aytib bering.
12. Shaxs stressiga ta’sir etuvchi оmillarga ta’rif bering
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. - 2009.
2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriyxuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006.
3. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. –T.: O’zbekiston, 2010 - 56 b.
4. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat
IZOHLI LUG’AT Absenteizm (lotincha “absetia” — “qatnashmaslik", “bosh tortish"
so’zidan) — ish vaqtining unumsiz sarf etilishi (kasallanish, baxtsiz
hodisa, farzandini uyda tarbiyalash, ma’muriyat ruxsatiga binoan yoki
boshqa sabablar bilan ish vaqtida vaqtincha bo’lmaslik) ko’rsatkichi.
Avtoritar (lotincha “auctoritas” — “hokimiyat” so’zidan) usul
(boshqaruvda) — ma’muriy uslublar (qattiq intizom o’rnatish, jazo
choralarini keng qo’llash)ga tayangan holda boshqaruvni amalga oshirish.
Rahbarning avtoritar ish uslubi, jumladan, qarorlarni mehnat jamoasi fikri
bilan hisoblashmasdan yakka o’zi qabul qilishida, uning ijrosini ham o’zi
nazorat qilishida namoyon bo’ladi.
Agentlik (lotincha “agentis” — “ish yurituvchi” so’zidan) — idora,
muassasa (“O’zkommunxizmat”, “Sanoatkontexnazorat”, ‘Uzstandart”
agentliklari).
Adaptatsiya (lotincha “adaptation” — “moslashuv” so’zidan) —
xodimni mehnat faoliyati mohiyati va shart-sharoitlariga moslashtirish
(ko’niktirish) jarayoni. Adaptatsiyaning kasbiy, psixofiziologik va
ijtimoiy-psixologikturlari farklanadi.
Akademiya (yunonchada “Academos” — afsonaviy qahramon
“Akadem” nomidan) — muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash
yo’nalishlari bo’yicha oliy va undan keyingi ta’limlarning kasbiy ta’lim
dasturlarini amalga oshiradigan, ma’lum sohalar uchun oliy malakali
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshiradigan, fundamental va
amaliy tadqiqotlar bajaradigan, etakchi ilmiy va uslubiy markaz
hisoblanadigan oliy ta’lim muassasasi.
Akkord (ital’yancha “accordo” — “bitim” so’zidan) ish haqi —
shartnoma asosida, ishbay usulda bajarilgan ish uchun bir yo’la
to’lanadigan ish haqi.
Akkreditiv (lotincha “accerdo” — “ishonaman” so’zidan) — nomiga
yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan ko’rsatilgan summani olish
huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’oz. Akkreditivdan nakd pulsiz
hisob-kitob olib borish uchun ham foydalaniladi.
Aktiv (lotincha “activus” — “faol”, “ta’sirchan”, “ishchan”
so’zlaridan) — korxona yoki tashkilot mulki yoki resurslari (ko’chmas
mulk, mashina-uskunalar, yo’l xarajatlari, qimmatbaho qog’ozlar va
boshqalar). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon
aktivlar (veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, nodir metallar, naqd pul va
boshqalar) likvidli aktivlar deb ataladi.