1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə60/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs leksiyalar uzb

Ijtimoiy sug’urta — davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat
qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni
ta’minlash, yordam ko’rsatish tizimi.
Ijtimoiy himoya — aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini
ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui.
Ijtimoiylashuv — shaxsning muomala yordamida mazkur jamoaga,
guruhga, jamiyatga xos bo’lgan normalarni, qadriyatlarni, yo’l-yo’riqlarni
o’zlashtirish asosida uning shakllanish jarayoni.
Ijtimoiy ruhiy vaziyat — korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir
qiluvchi ko’pgina omillarningta’siridan keladigan jamlama samaradir. U
mehnat qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo
va guruhiy aloqalarida o’z ifodasini topadi.
Ijtimoiy ixtiloflar — kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralarning o’zaro
munosabatlari tizimida ziddiyatlar rivojlanishining yuqori bosqichidan
iborat.
Innovatsiya (inglizcha — “kiritilgan yangilik”, “ixtiro” so’zidan) —
texnika va texnologiya avlodlarini almash-tirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar.
Innovatsion kadrlar menejmenti (IKM) — bozor iqtisodiyoti va
raqobatning kuchayishi sharoitida kadrlarga oid yangiliklar mehnat
jarayonining ajralmas qismiga aylanishi va ularni tashkil etishni hamda
boshqarishni talab qilishi.
Infratuzilma (lotincha — “ostida” so’zidan) ishlab chiqarish va
tovar muomalasi, shuningdek inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan,
me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiluvchi turli yordamchi xizmat
ko’rsatuvchi sohalar, nomoddiy ishlab chiqarish sektori.
Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin