1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə56/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs leksiyalar uzb

Birlamchi jamoalar — bular bo’limlar, xizmatlar, uchastkalar,
brigadalar, jamoalar bo’lib, ular xodimlarni ayrim texnologiya jarayoni
asosida birlashtirib, bu jarayonni amalga oshirish bilan xodimlar bevosita
munosabatlarga kirishadilar.
Birja (nemischa — “hamyon” so’zidan) — bozorni uyushtirishning
tashkiliy shakli. Tovar, fond, valyuta, mehnat birjalari farqlanadi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin
xarakatini ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bonus (lotincha— “yaxshi”, “marhamatli” so’zlaridan) — odatdagi
to’lanadigan ish haqiga qo’shimcha mukofot puli.
Boshqarish — xo’jalik ob’ektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga
solish va yo’naltirish.
Boshqarma — tarmoq yoki xo’jalik sohasida markaziy yoki o’rta
bo’g’indagi boshqaruv idorasi (masalan, Davlat mulk qo’mitasining
viloyat, shahar boshqarmasi).
Boshqaruv mehnati — bu, boshqaruv vazifasini bajarish sohasidagi
mehnat faoliyati bo’lib, uning asosiy vazifasi mehnat jamoasining o’z
oldida turgan vazifalarni hal qilishga doir aniq maqsadga qaratilgan va
muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlashdir.
Boshqaruv mehnatining ob’ekti — bu, mehnatni sarflash sohasi,
ya’ni korxona, tashkilot, tarkibiy bo’linmasidir.
Boshqaruv xodimlari — taqsimlovchi funktsiyalarni bajaruvchi
xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul
qiluvchi, korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati jarayonlarini
rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi ishchilar. Boshqaruv
xodimlari korxona, tashkilot va muassasaning oldiga qo’yilgan maqsadlar
va vazifalariga erishish uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni hamda
belgilangan funktsiyalar va ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishini
ta’minlaydi.
Boshqaruv xodimlari mutaxassislari — asosiy bajariladigan
funktsiyasiga boshqariladigan ob’ekt to’g’risidagi axborotlarni tayyorlash
va taxlil qilish, boshqaruv ob’ektining berilgan para-metrlarini ta’minlash
bo’yicha qarorlarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, texnologik
jarayonlarni tashkil qilish, smeta —moliya materiallarini tayyorlash va
boshqa funktsiyalar kiruvchi boshqaruv xodimlarining bir qismi.

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin