1. pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa dasturining o’ziga xosligi pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa



Yüklə 155 Kb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü155 Kb.
#172779
1   2   3   4
8 PISA Xalqaro baholash dasturida matematikaga oid mazmun sohalari

PISA dasturining o’ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan dastur sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega.
PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o’tkazilishi esa, davlatlarga o’z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.
SHuningdek, dastur 15 yoshdagi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash bo’yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
Dasturda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
Davlat siyosati masalalari:“Maktablar o’quvchi yoshlarni katta hayot yo’liga o’tishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?, “Ayrim turdagi o’quv dasturlari boshqalariga nisbatan samaraliroqmi?”,“Maktablar muhojirlar yoki og’ir ijtimoiy sharoitga ega o’quvchilar kelajagi
yaxshilanishiga yordam beradimi?”kabi ba’zi bir savollarga javob topishdan iboratdir.
Savodxonlik: PISA muayyan maktab o’quv dasturlarining ustunligini o’rganish o’rniga, o’quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.
Hayot davomida o’rganish: O’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan hamma narsani to’liq o’zlashtira olmaydi. Samarali o’rganuvchi bo’lish uchun nafaqat bilim va ko’nikmalarni, balki ular qanday hamda nima uchun o’rganilishi haqida xabardor bo’lishi lozim. PISA o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarning ta’lim olishga qiziqishi, o’zlari haqida ma’lumotlar hamda ta’lim strategiyasi haqida fikrlarini so’raydi.
Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin