1. pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa dasturining o’ziga xosligi pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa



Yüklə 155 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü155 Kb.
#172779
1   2   3   4
8 PISA Xalqaro baholash dasturida matematikaga oid mazmun sohalari

Global innovatsion indeks (bundan buyon GII) innovatsion faoliyat to’g’risidagi eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi sifatida dunyo miqyosida e’tirof qilingan.
Mazkur indeks ham iqtisodiy rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qo’llanilishi hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
SHuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” Farmonida O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan.
PISA – turli davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini (o’qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini baholovchi test. 78 ta mamlakatda o’tkaziladi. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000 nafargacha o’quvchi test sinovlariga jalb etiladi.



Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o’tkaziladi va nega aynan 15 yoshli o’quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi?
PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o’tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o’z ichiga olgan holda, o’z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.
Agar tadqiqotni o’tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o’zgarishlar va yangilanishlar uchun yetarli vaqt hamda kerakli ma’lumotlarni to’play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.
Tadqiqot doirasi 15 yoshli o’quvchi yoshlar orasida o’tkazilishiga asosiy sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin