1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Pulning muomala vositasi vazifasi



Yüklə 93,7 Kb.
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü93,7 Kb.
#190905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja kirish pul-fayllar.org

Pulning muomala vositasi vazifasi. Muomala vositasi vazifasida pul
yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu vazifani
bajarish uchun naqd pul bo’lishi lozim. Bu vazifa yordamida tovarlarni bir-
biriga ayirboshlash-barter usuliga chek qo’yiladi.
Tarixiy taraqqiyot ko’rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida
barter qilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yo’li bo’lgan.
Barterning noqulayligi shundan iborat bo’lganki, A tovar egasi, B tovarni
sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar
egasiga zarur bo’lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin
jarayon bo’lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko’zlagan
maqsadga erishish mumkin bo’lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi
natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifati o’z ahamiyatini
yo’qotdi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham
ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo’llanilib kelmoqda.
Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va
iqtisodiy barqarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar
harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi. Pulning
muomala vositasi vazifasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va muomaladan
chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati (T-
P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi. Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi
shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib turishi pulning muomala vositasi
vazifasining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu vazifani
bajarishda naqd pul bo’lishi, u barqaror, sifati yuqori bo’lishi kerak.
O’zbekistonda muomala vositasi vazifasini Markaziy bank tomonidan
chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga
chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning
vaqtiga, aholining bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va
boshqalar omillarga bog’liq. Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining
tez-tez to’lab turilishi muomalaga ko’p pul chiqarish zarurligidan, aholining
bankdan ko’proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala
vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi.
Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik,
kichik korxona, fermer xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga
bo’lgan talabni kamaytiradi. Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi



12
muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini


ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi vazifasi uning boshqa vazifalaridan
o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi
vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;
- tovar va pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga harakat qiladi;
- tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;
- tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va
tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;
-pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi
kerak.

Yüklə 93,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin