1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Pulning vazifalari va ularga tavsif



Yüklə 93,7 Kb.
səhifə3/15
tarix24.12.2023
ölçüsü93,7 Kb.
#190905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja kirish pul-fayllar.org

2.Pulning vazifalari va ularga tavsif 
Har bir iqtisodiy kategoriyalarning amal qilishi, iqtisodiy munosabatlarning
ma’suli sifatida namoyon bo’lishi, uning zimmasiga ma’lum vazifalarni
yuklaydi. Pul iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettira turib, ma’lum
vazifalarni bajaradi. Pulning mohiyati uning bajaradigan vazifalarida yanada
yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Pulning vazifasi to’g’risidagi savol bir vaqtning o’zida ham qiyin va ham juda
oson savoldek tuyuladi. Bu savolning soddaligi shundaki, pulning vazifalari
real hayotga yaqin va iqtisodiy amaliyotdagi mavjud jarayonlarni o’zida
ifodalaydi. Qiyinligi shundaki, pulning vazifalari, ularning mohiyati
iqtisodchilar tomonidan har xil talqin qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda
pulning turli xil vazifalarini uchratish mumkin. Biz pulni iqtisodiy kategoriya
deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng
tarqalgan vazifalarini tahlil qilib, pul asosiy to’rt vazifani bajaradi degan
fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov
vositasi va jamg’arma vositasi vazifalari.
Pul qiymat o’lchovi sifatida. Pulning birinchi vazifasi uning qiymat
o’lchoviligidir, ya’ni pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi, ularning
bahosini aniqlashda vositachi bo’lib hizmat qiladi. Qiymat o’lchovi vazifasida
pul, tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu
mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu vazifasida naqd
pullar emas o’ylovdagi pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do’koniga
kirib, biron tovarni bahosini ko’rib, baho shu tovarga arziydigan
bahomi, yoki tovarga baho yuqori, yoki past qo’yilganmi - shu to’g’risida
o’zimizning xulosamizga ega bo’lishimiz mumkin. Mana shu bizning
xulosamiz asosida pulning qiymat o’lchovi vazifasi yotadi.
Pulning qiymat o’lchovi vazifasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir tovar
qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo’lsak, bu
vazifani o’z qiymatiga ega bo’lgan tovar-oltin yoki oltinni o’zida
ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan. Pulning qiymat o’lchovi vazifasi
qiymat qonuniga asoslanib aniqlanadi. Pulning qiymat o’lchovi vazifasi
baholar masshtabini o’rnatishni talab qiladi. Baholar masshtabi huquqiy
xarakterga ega bo’lib, u davlat tomonidan o’rnatiladi va tovar qiymatiga
asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar masshtabi orqali,
fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor bahosiga
aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi. 80 - yillar oxirigacha baholar



10
masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiqlangan, tovar qiymatini o’lchash va


baholar belgilash uchun kiritilgan, ma’lum oltin miqdorini o’ziga ifodalagan
pul birligiga aytilgan.
Qariyb 30 yil davomida 1961 yildan boshlab Sobiq SSSRda baholar
masshtabi qilib 1 rubl qabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga
tenglashtirilgan edi. 80 yillarning oxiriga kelib ittifoqda pul birligini oltinga
tenglash g’oyasi o’z kuchini yo’qotdi. Vaholanki, boshqa ko’pgina
mamlakatlar amaliyoti bu tenglashtirish 70 - yillardan boshlab e’tiborga
olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo’lgan mamlakatlarda valyutani
oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastag emasligini ularning iqtisodiy va
sotsial taraqqiyoti isbotlab berdi. 60 - yillarda yangi pul tizimi vujudga
kelganda, pul islohoti o’tkazilganda, devolvatsiya yoki revolvatsiyada davlat
qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin miqdorini
baholarni belgilash uchun o’rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga
tenglashtirilgan bo’lsada, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon
oltinga almashtirilgan emas.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biror mamlakat o’z pulini
oltinga almashtirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini oltinga
tenglashtirsada, pul birligiga to’g’ri kelishi mumkin deb belgilangan oltin
miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun
bu tenglashtirish o’zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo’qotganligi aniq.
Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham pulda ifolanadigan
bo’ldi. Pulning vazifalari oltindan ajraldi, o’zgaruvchan valyuta kurslari joriy
qilindi.
Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va
baho orqali tovarlar qiymatini o’lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ham
tenglashtirishning asosi bo’lib abstrakt mehnat hisoblanadi. Tovar
qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho - bu ideal shaklda
ongimizdagi qiymat o’lchovi. Qiymat o’lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan
pulimiz bajaradi, baho esa to’la-to’kis real moddiy boyliklarning qiymatini
ifoda qiladi. Qiymat shakliga ega bo’lgan tovar, bahoga ham ega bo’ladi.
Pul o’zi o’z bahosiga ega emas, uning qiymati o’zi bilan aniqlanishi mumkin
emas. Baho o’rniga pul, sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish
qobiliyati deganda pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori
tushuniladi. Agar pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha



11
ko’p bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi va


aksincha.

Yüklə 93,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin