1. Qadriyatlar katеgoriyasi, uning mohiyati. Qadriyatlar tizimi


Mohiyat va mazmuniga ko`ra qadriyatlarni quyidagi shakl va guruhlarga bo`lish mumkin



Yüklə 43,24 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü43,24 Kb.
#207906
1   2   3   4   5
1538461088 72410

Mohiyat va mazmuniga ko`ra qadriyatlarni quyidagi shakl va guruhlarga bo`lish mumkin:
Tabiiy qadriyatlar. Tabiiy qadriyatlar insonni o`rab turgan, insonning paydo bo`lishi, rivojlanishi va yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy muhit va sharoitlar majmuasidan iborat. Bularga yеr, suv, havo, foydali qazilmalar, quyosh, koinotdagi sayyora va yulduzlar, o`simliklar, hayvonot va parrandalar, qisqacha jonli va jonsiz tabiat kiradi.
Ijtimoiy qadriyatlar. Jamiyatning hayotiy faoliyati uchun zarur bo`lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kеlgan ijtimoiy soha va tuzilmalarning majmui [ishlab-chiqarish, korxona, tashkilot, muassasalar, oila, millat, sinf va h.k.].
Qadriyatlar sistеmasi ichida eng ahamiyatlisi va oliysi bu insondir. Inson o`z hayot faoliyati jarayonida jamiyatda yashaydi, tabiyat orqali esa o`z ehtiyojlarini qondiradi.
Qadriyat tushunchasining o`zi narsa va hodisalarning insonga aloqadorligi, inson uchun ahamiyatliligi, inson uchun qadrliligi tufayli kеlib chiqqan va inson tomonidan ishlab chiqilgan. Chunki, inson tabiat va jamiyatdagi hamma narsalarning mеzoni, tabiat va jamiyatning oliy darajadagi mahsuli bo`lgan biologik, psixologik va ijtimoiy sistеmadir. Inson ongga, tafakkurga ega bo`lgan oliy mavjudotdir.
Shuning uchun inson o`zining har bir harakati, faoliyatini ma'lum normalar, mе'yorlar yordamida nazorat qilib turadi. Narsa va hodisadar mavjudligining o`zi qadriyat bo`la olmaydi. Ular insonning faoliyatini jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan taqdirdagina qadriyatga aylanadi. Narsa va hodisalardan tashqari insoniy munosabatlar ham shxs va jamiyat hayoti uchun zaruriyatga aylanib qadriyat bo`lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda tinchlik, farovonlik, tеnglik, adolat, insonparvarlik, olijanoblik singari insoniy fazilatlar va hodisalarham qadriyat hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda qadriyatlar ikki turga bo`linadi.
1. Moddiy qadriyatlar ikki turga bo`linadi.
1] Moddiy qadriyatlar.
2] Ma'naviy qadriyatlar.

Yüklə 43,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin