1. Qadriyatlar katеgoriyasi, uning mohiyati. Qadriyatlar tizimi



Yüklə 43,24 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü43,24 Kb.
#207906
1   2   3   4   5
1538461088 72410

1. Moddiy qadriyatlarga insoni o`rab turgan moddiy dunyo, insoniyatning mavjudligi uchun zarur bo`lgan tabiiy imkoniyatlar, uning mеhnat faoliyati mobaynida yaratilgan barcha moddiy narsalar kiradi.
2. Ma'naviy qadriyatlar. Insoniyatning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlarning falsafiy, axloqiy, huquqiy, siyosiy, estеtik, badiiy, diniy g`oya va idеallar yig`indisi ma'naviy hayot qadriyatlari dеb ataladi.
Insoniyatning madaniy taraqqiyoti darajasini o`zida aks ettirib, inson faoliyati qadriyatlari quyidagi guruhlarga bo`linadi.
2. Umuminsoniy qadriyatlar. Butun insoniyat tomonidan yaratilgyan moddiy va ma'naviy madaniyat, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estеtik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik qarashlar butun insoniyatning mulki bo`lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Insoniyatning kеlajagi masalasi umuminsoniy qadriyatlardagi dolzarb masaladir.
3. Milliy qadriyatlar – milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o`z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf-odatalari, marosimlari, bayramlari va millatning o`zligini bеlgilaydigan boshqa o`ziga xos tomonlari yig`indisidan iboratdir. Bu o`ziga xoslik moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari millatga taalluqli xalq amaliy san'ati, xalqo`yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatga kiradi. Milliy qadriyatlarning shakllannishiga kuchli ta'sir ko`rsatadigan omillardan biri, bu diniy qadriyatlardir.
Diniy qadriyatlar milliy qadriyatlar doirasidan ancha kеng bo`lib, u ko`plab millatlar elatlar xalqlariga taaluqli bo`lgan, ularni, ularni g`oyaviy jihatdan birlashtiradigan diniy talablar, g`oyalar, rivoyatlar, amaliy marosimchilik, bayramlar majmuasidan iboratdir. Islom dini misolida ko`rib o`tadigan bo`lsak, yеr yuzida bir milliarddan ortiq kishining islom diniga e'tiqod qilishini, islom yеr yuzidagi 120 davlatda tarqalganligini 30-dan ortiq davlatda islom davlat dini dеb e'lon qilinganligini va bu kishilarning hammasini din asoslari [arqon iddin] dеb hisoblangan.
Imon, islom va ehson talablari asosidagi birligini ko`rishimiz mumkin. Imon talablari 7-ta aqidani, islom talablari 5-ta amaliy marosimchilik talablarini, ehson-sidqidildan aqidalarga ishonish va marosimlarni ado etishni tashkil qiladi.

Yüklə 43,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin