1. Qattiq disk haqida tushuncha Qattiq disk - bu ma'lumot va ma'lumotlar saqlanadigan maxsus xotira bo'lib, unda fayl formati, hujjat, dastur, dastur va hatto raqamli ma'lumotlarning uzoq ro'yxati bo'lishi mumkin. U ishlash usuli va bajarishi kerak bo'lgan ishi tufayli asosiy xotira bo'lib kelgan. Qattiq diskning vazifasi kompyuter o'chirilgan yoki uzilgan bo'lsa ham ishlaydigan saqlash usuli bo'lishdir.
Qattiq disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min; murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm) ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm, ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
Oʻz tarkibiga yoʻlkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki 1ow-1evel formatting) Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi maʼlumotni yozadi, u sektorda disk silindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi. Maksimal sigʻim va qiymatlarni uzatish tezligi yigʻuvchi ishlaydigan interfeysga bogʻliqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda koʻrib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min. Protsessorning disklar bilan maʼlumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga egadir, yaʼni diskka yozilayotgan yoki undan oʻqilayotgan maʼlumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi boʻlib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan boʻlishi mumkin, tezkor xotirada dasturi yoʻl bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Samartdrive drayveri bilan). Protsessorning disk kesh xotirasi bilan maʼlumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga yetishi mumkin. SHKda odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar boʻladi.