1. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qatnashgan sodda gap berilgan?
A) U qora ayg‘irning chilvirini bolalarga tutqazdi-da, o‘zi dabdurustdan chollarning suhbatiga qo‘shildi. B) Bu savollardan shu malum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas ekan. C) Bu hol surinkali davom etdi va bola serjahl bo‘lib qoldi. D) Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz va xammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz lozim.
2. Qaysi javobda qo’llangan ibora aniqlovchili so’z birikmaning tobe qismi bo’lib kelgan?
A) Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. B) Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan. C) Hayitvoy ko‘nglida kiri yo‘q, sodda, ishonuvchan va samimiy bola ekan. D) Ota-bobolar nomini hech qachon unutmaslik kerakligini qulog‘iga quydi.
3. Quyida berilganlardan asosi o‘z shakldoshi bilan o‘zaro har xil turkumga oid bo‘la oladigan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yog‘siz; 2) bo‘shamoq; 3) toychoq; 4) bog‘li; 5) tilim; 6) tinch
A) 2,4,5 B) 1, 3,5,6 C) 1,2,4,6 D) 1,5,6 4. Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan O‘tib ketdi, qilmadi jur’at. Netay, axir so‘nggi minutda Pistoletim qildi xiyonat . . . Ushbu she’riy parchada qaysi so’z turkumiga oid yasama so’zlar qo’llangan?
A) fe’l, ravish
B) ot, fe’l
C) ot, sifat, fe’l
D) faqat sifat
5. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
A) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ishni yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. B) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zini sharaf va shonini saqlaydi. C) U faqat O’zbekistonni emas, balki butun jahonning buyuk yozuvchisi edi. D) Bu jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim-tarbiya sifati yaxshilanishidan ko‘rinibturibdi.
6. Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi. Ushbu gapdagi gap bo’laklari haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Qaralmish ega vazisida qo’llangan
B) Gap kesimi sodda fe’l kesim
C) Sifatlovchi aniqlovchilar faqat yasama so’z bilan ifodalangan
D) Yasama so’zlar har xil gap bo’lagi vazifasida kelgan
7. Qaysi javobda yasama so’z bilan ifodalangan hol qatnashgan?
A) Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomushgina silkitardi. B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi. C) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning. D) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki,uni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar. 8. Qaysi gapdagi fe’llar bir xil nisbat shaklida qo’llangan?
A) Tomoshabinlar unga qarata guldastalar otishdi, lekin u gullarga e’tibor bermay sahnani bir aylanib chiqdi. B) Biz va siz bir hovuch tuproqqa aylanamiz,lekin kitoblar toshdan yasalgan haykallar kabi abadiy saqlanadi. C) U bolaligini juda sog‘ingan edi, ayni damda bu hislarini onasiga ham anglatgan edi. D) Jahongirning qasd qilgan ishidan sira qaytmasligini Haydar yaxshi bilar va u buni tajribada ko‘p sinagan edi.
9. Yoyiq undalma va ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) Ey do’stim, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q. B) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq. C) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? D) Kamtarlik qilma, usta Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding.
10. Abdulla o’sha paytlarda suvsiz cho’llarga suv chiqardi. Ushbu gapning chiqardi kesimi chiqar edi shakliga almashtirilsa, yuz beradigan o’zgarishlar to’g’ri berilgan qatorni toping. 1) ega undalmaga aylanadi;
2) egali gap egasiz gapga aylanadi;
3) orttirma nisbatdagi fe’l aniq nisbatdagi fe’lga o’zgaradi;
4) to’ldiruvchi egaga aylanadi;
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D)1,2,3,4
11. Qaysi javobda qo’llangan uyushiq bo’laklar ta’kidlanmagan, shunchaki sanab ko’rsatilgan?
A) Harom yo farzandga, yo davlatga urar. B) U o‘zining kelgani haqida na Qurbon otaga,na Siddiqjonga xabar qildi. C) Berdiboy dam tandirni, dam o‘choqni quradi. D) Nonushtadan so‘ng men onam, otam va opam bilan xayrlashib yo‘lga tushdim.