1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig`ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o`rtasidagi bog`liqlik ko`rib chiqilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o`zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora bo`linmalari mutaxassislari tomonidan o`tkaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi.Gipotezani ifoda etayotib, tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (alternativlar) - faoliyat (harakat) variantlari va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ularni prognozlaydi.