10-mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI VA TARKIBIY QISMLARI. MENEJMENT AXBOROT TIZIMLARI
1-qism rejasi:
1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.
2. Axborot tizimining dasturiy ta`minoti.
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.
4. Tashkilotni boshqarishning avtomat-lashtirilgan axborot tizimlari
5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib borish tendensiyalari
1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.
Axborot texnologiyasi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
Axborot tizimi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.