1-qism rejasi Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha-hozir.org
2-rasm. Axborot tizimidagi jarayonlar
AT ning apparat va dasturiy ta'minoti
Foydala-nuvchi
yoki
boshqa
AT
Axborotni kritish
Axborotga ishlov berish
Axborotni chiqarish
Teskari
aloqa
Axborot tizimidagi uchta jarayonlar tashkilotga qarorlar qabul qilish, boshqarish, muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish uchun zarur bo`lgan axborotlarni yaratadilar - bu kiritish, ishlab chiqish va chiqarishdir. Kiritish jarayonida tashkilot ichki yoki tashqi muhitdan tekshirilmagan ma`lumotlar qayd qilinadilar yoki yig`iladilar. Ichki axborotlar korxonada ishlab chiqarishni borishi, rejani bajarilishi, sexlar, uchastkalar, xizmatlarning ishlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotilishi haqidagi ma`lumotlarni aks ettiradilar. Axborot tizimi oraliq, ma`lumotnomaviy va yakuniy natijalarni saqlanishini amalga oshiradi. Yuqorida sanab o`tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan resurslar zarurdir. Bunday resurslar ma`lumotlar, xodimlar, axborot texnologiyalari va foydalanuvchiga yo`riqnomalardan iboratdir.