1. Qoshlaring yosin Atoyi ko‘rgali husn ichra toq, Subhidam mehroblarda surayi yosin o‘qur



Yüklə 68,41 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü68,41 Kb.
#198687
She\'riy san\'at test


She’riy san’at
1. Qoshlaring yosin Atoyi ko‘rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surayi yosin o‘qur.
Misralardagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarni izohlang.
A) 1-misrada ham, 2-misrada ham yoy
B) har ikkala misrada “Qur’on” surasi
C) 1-misrada yoy, 2-misrada “Qur’on” surasi
D) 1-misrada “Qur’on” surasi, 2-misrada yoy
2. Atoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qo’llangan badiiy
san’atlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
Jahonni tutti Yusufdek jamoli,
Malohat Misrida sultonmudur bu?
A) tashbeh, tajnis B) tashbeh, tazod
C) talmeh, tazod D) talmeh, tashbeh
3. Muqimiy qalamiga mansub quyidagi misralarda qanday
badiiy san’at qo’llangan?
Xizr otamlarga birodar erur,
Chimlig’ azizlar menga dodar erur.
A) ruju B) tazod C) tashxis D) talmeh
4. Oybekning “Na’matak” nomli she’ridan keltirilgan
quyidagi misralarda qanday badiiy san’at qo’llangan?
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
A) talmeh B) tashxis C) tazod D) iyhom
5. Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lib, boshingdin
aylansun,
Yangi oy yuz tavoze ko‘rguzub, qoshingdin aylansun.
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atlarni toping.
A) talmeh, tanosub B) tashxis, sa’j
C) tashbeh, tanosub D) tanosub, tashxis
6. Agar desam seni Rustam, yararsen,
Qiliching birla saflarni yorarsen.
Ushbu misralarda Xorazmiy qaysi she’riy san’atni qo’llagan?
A) tarse B) ruju C) talmeh D) tazod
7. Quyidagi ruboiyda qo’llangan she’riy san’at turini
aniqlang.
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zung yaxshi, dudog‘ing yaxshi,
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshtin-ayog‘ing yaxshi.
A) irsoli masal B) talmeh C) tajnis D) tanosub
8. Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) ruju B) talmeh C) tazod D) tanosub
9. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay.
Navoiy “Xamsasidagi ushbu bayt aruzning qaysi vaznida
yozilgan?
A) hazaji musammani mahzuf (maqsur)
B) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
C) sar’i bahrida
D) hazaji musaddasi mahzuf (maqsur)
10. Quyidagi misralarda qo’llangan san’at turini aniqlang.
G’uncha sevunub to’nig’a sig’mas,
O’xshatsam o’qung bashoqi birla.
A) tashxis B) tajnis C) tazod D) talmeh
11. Bobur g’azalidan keltirilgan quyidagi parchada
qo’llangan badiiy san’at turini aniqlang. Qaro zulfung
firoqida parishon ro‘zgorim bor, Yuzungning ishtiyoqida ne
sabr-u ne qarorim bor.
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zumdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.
A) tanosub B) tazod C) ruju D) talmeh
12. Barg ostidan muloyim boqqan iboli g’uncha,
Ne sirni saqlagaysan, bag’ring necha tuguncha?
Ushbu baytda qo’llangan badiiy san’at turini aniqlang.
A) tajnis B) tazmin C) talmeh D) tashxis
13. Sipehri husn ichinda moh, sen-sen,
Zamona xo’blarig’a shoh, sen-sen.
Ushbu misralarda qaysi she’riy san’at qo’llangan?
A) talmeh B) tazod C) tashbeh D) tajnis
14. Erkin Vohidovning “Inson” qasidasidan olingan quyidagi
misralarda qanday she’riy san’at qo’llangan?
Sen balo, ham mubtalo, xayr ila kin, rost-u riyo,
Fitnagar olam aro fatton o‘zing, qurbon o‘zing.
A) takror va iyhom B) tanosub va tazod
C) tashxis va tashbeh D) tanosub va talmeh
15. Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har binning javr-u jafosinmu deyin?
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) talmeh B) tazod C) tanosub D) ruju
16. Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg’a, jabr-u jafo manga. (Bobur)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) talmeh B) tazod C) tashxis D) intoq
17. Alisher Navoiy ijodidan olingan quyidagi baytda
qo’llangan she’riy san’atni toping.
Layli andin qo’ydi Majnun ko’nglida taxti g’amin,
Kim, yo’q erdi manzil ul vodiyda andin pokroq.
A) iyhom B) radd ul-matla’ C) talmeh D) ruju
18. Parchada qo’llangan she’riy san’atni toping.
Bunda oq birla qaro,
Zulmat, ziyo, shoh-u gado,
Jang qilurlar doimo,
Ul yon o’zing, bul yon o’zing. (E.Vohidov)
A) irsoli masal B) talmeh
C) tazod D) tajnis
19. Qaro zulfung firoqida parishon ro‘zgorim bor,
Yuzungning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zumdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.
Bobur g’azalidan keltirilgan ushbu parchada qanday badiiy
san’at qo’llangan?
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_N1
A) tanosub B) tazod C) talmeh D) ruju
20. Berilgan misralardagi badiiy san’at turini toping.
Oshar yeldin seni yelganda oting,
Quyosh yanglig’ jahonmi tutdi oting.
A) intoq B) tazod C) husni ta’lil D) tajnis
21. Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
“Na’matak” (Oybek) she’ridan olingan ushbu parchada
qanday san’at qo’llangan?
A) talmeh B) tazod C) iyhom D) tashxis
22. Quyidagi misralarida Abdulla Oripov qanday she’riy
san’at qo’llagan?
Holbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,
Yulduzday kulganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q…
A) talmeh B) tazod C) ishtiqoq D) tashbeh
23. Quyidagi baytda qanday she’riy san’at qo’llangan?
Gurkiragan olov – dilim yo’ldoshi,
To’lqin urgan daryo ko’zlarim yoshi.
Ko’zagarlar yasayotgan har ko’za
Ko’hna do’stlar xoki – qo’li yo boshi.
A) tajnis B) tashbeh C) ruju D) ramz
24. Tashbeh va talmeh san’ati birga qo’llangan baytni toping.
A) Ey gul, yuzingga hur-u pari bandayi joni,
Toltek bo’ying ozodi erur sarvi ravoni.
B) Layli, Layli! -debon chekib un,
El deb: “Majnundir, ushbu Majnun”.
C) Raiyat qo’y erur, sulton anga shubon-u yo bo’ri, Ulg’oyu qo’y ting’oy, chu musotek shubon keldi. D) Maoni ichra,
shohim, qil yorar sen, Ajunda har ne qilsang, yararsen.
25. Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zung yaxshi, dudog‘ing yaxshi,
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshtin-ayog‘ing yaxshi.
(A.Navoiy)
Ushbu ruboiyda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) iyhom B) ruju
C) talmeh D) tanosub
26. Quyidagi misralarda qanday badiiy san’at qo’llangan?
Barg ostidan muloyim boqqan iboli g’uncha,
Ne sirni saqlagaysan, bag’ring necha tuguncha?
A) tazmin B) tajnis C) tashxis D) talmeh
27. Parchada qo'llangan she'riy san'atni toping.
Yaxshidur achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg'on yomon. (E.Vohidov)
A) iyhom B) tashbeh C) tazod D) tajnis
28. Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u qarorim bor.
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Bobur g’azalidan keltirilgan ushbu parchada qanday badiiy
san’at qo’llangan?
A) tazod B) ruju C) talmeh D) tanosub
29. Ogahiy qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi san’at
qo’llangan?
Boqib ko’z ichidin pinhon fosh etdilar tag’ofillar
Yo’g’-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun.
A) talmeh B) tazod C) ruju’ D) ishtiqoq
30. Ko’z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi, Yuz bila
so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi, Eng bila menging yaxshi,
saqog‘ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
(A.Navoiy)
Ushbu ruboiyda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) ruju B) tanosub C) iyhom D) talmeh
31. Layli andin qo’ydi Majnun ko’nglida taxti g’amin,
Kim, yo’q erdi manzil ul vodiyda andin pokroq. (A.Navoiy)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
A) talmeh B) iyhom
C) radd ul-matla’ D) ruju
32. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
Baytda qanday san’atlar qo’llangan?
1) tazod; 2) talmeh; 3) tanosub; 4) tajnis; 5) ruju; 6) tashbeh
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 6 D) 1, 4, 6
33. Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
Bo’yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur.
(Sayli Saroyi)
Ushbu baytda qo’llanilgan she’riy san’atlar to’g’ri
ko’rsatilgan javobni toping.
A) talmeh, ruju B) tashxis, tajnis
C) irsoli masal, tajnis D) iyhom, tazod
34. Belining nozikligicha yo‘q tori gisuyi,
O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi.
Baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llangan?
A) tashxis, husni ta’lil, litota
B) talmeh, tarse’, ishtiqoq
C) ishtiqoq, tajohuli orifona, tashxis
D) tazod, tashbeh, litota
35. Nekxonim deganim barcha bor erkan badxoh,
Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni. (Munis)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) husni ta’lil B) tazod C) talmeh D) intoq
36. Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj,
Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj.
Alisher Navoiy "Xamsa’sidan olingan ushbu baytda qanday
she’riy san’at qo‘llangan?
A) tarse’ B) iyhom C) ishtiqoq D) tanosib
37. Sarv qadlar suratin chekkanda naqqoshi azal
Bir alif shaklida yozmish qaddi zebo surating. (Furqat)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) tazod B) irsoli masal
C) kitobot D) iyhom
38. Labing bag‘rimni qon qildi,
Ko‘zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi,
Men andin bir so‘rorim bor.
Berilgan baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llanilgan?
A) irsoli masal, tashbeh, mubolag‘a
B) tanosib, iyhom, mubolag‘a
C) tashxis, tashbeh, ishtiqoq
D) tarse’, tajnis, talmeh
39. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko‘zim yoshiga toya-toya navro‘z. (Ogahiy)
Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni toping.
A) tazod B) mubolag‘a
C) talmeh D) tashbeh
40. Labing bag‘rimni qon qildi,
Ko‘zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi,
Men andin bir so‘rorim bor.
Berilgan parchada “iyhom” san’ati qaysi so‘z orqali aks
etgan?
A) yomon B) holim C) so‘rorim D) ravon
41. Turfa qishlog’i g‘azabkardaki parrandalari,
Tovuqi ignachi-yu, o‘rdag-u g‘ozi kapalak. (Maxmur) Ushbu
baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) mubolag‘a B) iyhom C) intoq D) talmeh
42. Yigitlik bo‘stondir, qarilik - xazon,
Bo‘stonni xazonga sotuvchi bo‘lma. (Maxtumquli)
Ushbu she’riy misralarda qanday she’riy san’at ishlatilgan?
A) mubolag‘a, tardi aks B) tardi aks, iyhom
C) tashbeh, tazod D) ishtiqoq, talmeh
43. Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar. Solurlar el ani
suvg‘a yalang‘och. (Lutfiy) Yuqoridagi baytda qo‘llangan
she’riy san’at qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) husni ta’lil B) tazod C) tardi aks D) tajnis
44. Quyidagi baytlarda qo‘llangan badiiy tasviriy vositani
toping.
Topsang-da dunyoda mulki Iskandar,
Qorunning moli ham bo‘lsa muyassar,
Oxiri bo‘larsan yerga barobar,
Ko‘ngilda manmanlik sotuvchi bo‘lma. (Maxtumquli)
A) talmeh B) tardi aks C) tajnis D) tazod
45. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina. Ogahiy
qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’atlar
qo‘llangan?
A) talmeh va tanosib В) mubolag‘a va tajnis
C) mubolag‘a va tashbeh D) tashbeh va tanosib
46. Ul parivash ishqidinki, telbadurmen, goh sog‘,
Chunki bordur oramizda goh sulh-u gohi jang. (Furqat)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. A) tazod B)
irsoli masal C) talmeh D) takrir
47. La’li shiriningni ta’rif aylab o‘lmish shahdkom,
Anvariy-u Fazliy-u Hoqoniyi Masnad mudom. (Feruz)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. A) tajohuli
orif B) talmeh
C) intoq D) iyhom
48. Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin
Xatingni ramzidin ogoh emas ta’bi xiradmandim. Ushbu
baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.A) iyhom B) talmeh
C) tazod D) intoq
49. Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. (Furqat)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atlarni toping. 1) iyhom;
2) tashxis; 3) takrir; 4) husni ta’lil; 5) tanosub; 6) talmeh
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 4
50. Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor?
Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor?
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) talmeh B) intoq C) iyhom D) tajohuli orif
51. Mening ko‘nglumki, gulning g‘unchasidek tah-batah
qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i ne imkondur. (Bobur)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) tashbeh B) talmeh C) irsoli masal D) tazod
52. Boqib ko‘z uchidin pinhon fosh etding tag‘ofillar,
Yo‘q-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun.
Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo‘llangan?
A) tazod B) tashbeh
C) talmeh D) irsoli masal
53. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko‘zim yoshiga toya-toya navro‘z. (Ogahiy) Ushbu she’riy
baytda qo‘llangan badiiy san’atni toping.
A) mubolag‘a B) tazod
C) talmeh D) tashbeh
54. Buxl erur borcha saxovatdin xasis,
Lek saxo javhari asru nafis. (Navoiy, "Hayratul-abror")
Baytda qanday badiiy san’at qo‘llanilgan?
A) tajnis B) talmeh C) tazod D) tarse’
55. Qaysi janrda afandi obrazi uchramaydi?
A) askiya B) marsiya C) latifa D) lof
56. Qaysi qatorda Sharq mumtoz adabiyotida maktub, xat
tarzida yozilgan badiiy asar ma’nosini ifodalovchi istiloh
to‘g‘ri berilgan?
A) qasida B) munshoat C) noma D) bag‘ishlov
57. Badiiy asardagi tabiat lavhalari tasviri nima deb ataladi?
A) peyzaj B) portret C) tipiklashtirish D) personaj
58. "Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q. Futuvvat
barcha qilmakdur, demak yo‘q".
Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu misra qaysi janrga
xos?
A) fard B) ruboiy C) g‘azal D) tuyuq
59. Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat mushafig‘a oya navro‘z.
Ogahiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday she’riy
san’atlar qo’llangan?
A) tashxis, tardi aks B) tanosib, tazod
C) tashbeh, tashxis D) tashbeh, takrir
60. G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To
Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga. Ushbu baytda
qanday she’riy san’at qo’llangan?
A) ishtiqoq B) ruju C) irsoli masal D) iyhom

Yüklə 68,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin