1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#177106
1   2   3   4
1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi

3 . Yuklar va ta’sirlar
Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo‘lishi mumkin. Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi: a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi; b) gruntlarning og‘irligi va bosimi (ko‘tarm a, to‘ldirma); v) konstruksiyada oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlar va boshqalar. Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi: a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og‘irligi; b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar — dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo‘zg‘almas ko‘tarm a mashinalar, shuningdek, asbob-uskunalarni toldirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni; v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jism larning bosimi; g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga o‘xshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki javonlarga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni; d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar. Vaqtincha qisqa muddatli yuklarga quyidagilar kiradi: a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, sinash, ko‘chirish yoki almashtirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar; b) odam lar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni; v) uy-joy, jamoat, qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odam lar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar; g) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarm a-telfer vositalaridan tushadigan yuklar; d) qor yuklari; y) harorat, iqlim ta’siri; j) shamol yuklari. Maxsus yuklarga quyidagilar kiradi: a) seysmik ta’sirlar; b) portlash ta’sirlari; v) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar; g) grunt strukturasining keskin o‘zgarishi (cho‘kuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog‘ konlari hududida cho‘kish natijasida zam inda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar. Odatda, inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, lekin ham ma mavjud yuklarning konstruksiyaga bir vaqtning o‘zida ta’sir etish ehtimoli kam. Shuning uchun konstruksiya va zam inlarni chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo‘yicha hisoblashda yuklar va tegishli zo‘riqishlarning eng nobop jam lam alari (sochetaniye) e’tiborga olinishi zarur. Bu jamlam alar konstruksiya yoki zaminga bir vaqtning o‘zida vaqtinchali yuklar qo‘yilishining turli sxemalari paydo bo‘lishi imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda turli yuklarni har xil variantlarda ta’sir etishini yoki ba’zi yuklarning mavjud emasligini ko‘rib chiqish yo‘li bilan belgilanadi. Hisobga olinadigan yuklar tarkibiga qarab jam lam alar quyidagi xillarga bo‘linadi: a) doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan asosiy jamlamalar; b) doimiy uzoq muddatli, qisqa muddatli hamda maxsus yuklarning biridan tashkil topgan maxsus jamlamalar. Ikki xil me’yoriy qiymatga ega bo‘lgan vaqtinchali yuklarni jamlama tarkibiga kiritishda uning kichik me’yoriy qiymati uzoq muddatli yuk, katta me’yoriy qiymati esa qisqa muddatli yuk sifatida qaraladi to‘liq me’yoriy qiymatini hisobga olishda. Agar jam lam alar tarkibiga doimiy va kamida ikkita muvaqqat yuk kirsa, vaqtincha yuklarning hisobiy qiymatlari quyidagi jamlam a koeffitsientlariga ko‘paytiriladi: asosiy jam lam alarda uzoq muddatli yuklar uchun - 4^=0,95; qisqa muddatli yuklar uchun - ¥2=0,9; Maxsus jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun - ^ = 0 ,9 5 ; qisqa muddatli yuklar uchun — Ч ^ О ,8. Asosiy jamlam a tarkibi doimiy yuk va bitta muvaqqat (uzoq yoki qisqa muddatli) yukdan tashkil topsa, у 2 koeffitsientlariga ko‘paytirilmaydi. 15 Eslatma: asosiy jam la m alar tarkibi uchta va undan ortiq qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan bo‘lsa, ularning hisobiy qiymatlari jam lam a koeffitsienti v|>2 ga ko‘paytiriladi; bunda koeffitsientning qiymati (ahamiyatiga ko‘ra) birinchi qisqa muddatli yuk uchun — 1,0, ikkinchisi uchun — 0,8, qolganlari uchun — 0,6 olinadi. Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi mavjud variantlarni tahlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Maxsus birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi. Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortiq bo‘lsa, unda yuklar qiymati 4^=0,95 ga birinchisini va 0,9 ga ikkinchisini ko‘paytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95 ga, alohida birgalik esa 0,9 ga ko‘paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda T 2=0,9 ga, VF2=0,8 ga va T2=0,6 ga ta’sir darajasi bo'yicha ko‘paytiriladi.

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin