№
|
Masala
|
T/J
|
1
|
Element oksidi tarkibida massa jihatdan 64% kislorod bor. Elementni ekvivalentini toping
|
|
2
|
Biror metall oksidi tarkibida 39,69% kislorod bor. Metallning va metall oksidining ekvivalentini hisoblang
|
|
3
|
V A guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 74,07% kislorod bo‘ladi. Shu elementni ekvivalentini toping
|
|
4
|
Element oksidi tarkibida massa jihatdan 33% kislorod bor. Elementni ekvivalentini toping
|
|
5
|
Massasi 5,6 g bo‘lgan noma’lum ikki valentli metall 1,6 g kislorod bilan oksid hosil qilgan. Bu qaysi element
|
|
6
|
Mg3X2tarkibli birikmada 12,4 g elementga 14,4 g magniy to‘g‘ri keladi. Bu qaysi element
|
|
7
|
Oksidining tarkibi R2O3 bo‘lgan elementning 32 g miqdoriga 9,6 g kislorod to‘g‘ri keladi. Bu qaysi element
|
|
8
|
Oksidlanish darajasi +4 bo‘lgan elementning xlorli birikmasi tarkibida 92,21% xlor bor. Bu qaysi element
|
|
9
|
Massasi 400 g bo‘lgan ikki valentli metall 320 g massali oltingugurt bilan ta’sirlashib, sulfid hosil qilgan bo‘lsa, bu qaysi metall ekenligini aniqlang
|
|
10
|
Vodorod bilan RH4 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning oksidi tarkibida 53,3% kislorod bo‘ladi. Shu elementning nomini ayting
|
|
11
|
Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47% vodorod bo‘lsa, bu qaysi element
|
|
12
|
Noma’lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0% kislorod bor. Bu qaysi element
|
|
13
|
Oltinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9% vodorod bo‘lsa, bu qaysi element ekanligini toping
|
|
14
|
27,4 g ikki valentli metall suv bilan ta’sirlashganda 4,48 l (n.sh) gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, qanday metall suv bilan ta’sirlashgan
|
|
15
|
4 g ikki valentli metall oksidi vodorod bilan qaytarilganda 0,9 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi metall oksidi qaytarilgan
|
|
16
|
8,1 g ikki valentli element oksidi bilan ta’sirlashish uchun 7,3 g vodorod xlorid sarflangan bo‘lsa, qaysi metall oksidi olingan
|
|
17
|
2,08 g ikki valentli noma’lum metallning kislota eritmasi bilan ta’sirlashuvidan 896 ml vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang
|
|
18
|
20 g massali noma’lum ikki valentli metallning suv bilan ta’siridan 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qaysi metall olinganligini aniqlang
|
|
19
|
19,7 g massali ikki valentli metall karbonati parchalanganda 2,24 l CO2 hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi metall karbonati parchlangan
|
|
20
|
Valentligi 3 ga teng bo‘lgan metall oksidining 40 g massasini qaytarish uchun 1,5 g vodorod sarflangan. Bu qaysi metal
|
|
21
|
1 g kislotani neytrallash uchun 1,247 g kaliy ishqori ketgan. Kislotaning ekvivalentini hisoblang
|
|
22
|
2 g ishqorni neytrallash uchun 3,04 g HCl sarf bo‘lgan. Ishqorning ekvivalentini hisoblang
|
|
23
|
1,125 g kislotani neytrallash uchun 1g NaOH ketadi. NaOH ekvivalentini 40. Kislotaning ekvivalentini toping
|
|
24
|
0,629 g ishqorni neytrallash uchun 1,07 g nitrat kislota sarflangan. Ishqorning ekvivalentini toping
|
|
25
|
0,36 g metall n.sh.da o‘lchangan 168 ml kislorod bilan birikadi. Metallning ekvivalentini toping
|
|
26
|
2 g fosfor yondirilganda 4,58 g fosfat ahgidrid hosil bo‘ladi. Fosforning ekvivalentini toping
|
|
27
|
2,25 g kislotani neytrallash uchun 2 g o‘yuvchi natriy sarflangan. Kislotaning ekvivalentini toping
|
|
28
|
0,719 g metall oksidi qaytarilganda 0,56 g metall hosil bo‘ladi. Metall va metall oksidining ekvivalentini aniqlang
|
|
29
|
0,25 g metallni oksidlash uchun n.sh.da o‘lchangan 70 ml kislorod sarflandi. Metall va metall oksidining ekvivalentini toping
|
|
30
|
Metall oksidi 0,135 g alyuminiy bilan qaytarilganda 0,26 g metall hosil bo‘ladi. EAl= 9 ga teng. Metall ekvivalentini toping
|
|
31
|
2,9 g metall gidroksididan 9,2 g metall bromid hosil bo‘ldi. Metallning ekvivalentini aniqlang
|
|
32
|
Sulfat kislotada 1,68 g noma’lum metall eritilganda metallning 4,56 g massali sulfati hosil bo‘lgan
|
|
33
|
5,64 g metali nitrati konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanganda, shu metalning 4,8 g sulfati hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi metalning nitrati olingan
|
|
34
|
2,7 g metall oksididan 6,3 g metall nitrat hosil qilish mumkin. Metallning ekvivalentini toping
|
|