1. Quyidagi moddalarni molyar massalarini hisoblang?



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə25/39
tarix25.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#194148
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
KICHKINA gruppa 1 - qisim yangi (2)

38.Normal konsentratsiya







Masala

T/J

1

500 ml 2,0 n li nitrat kislota eritmasini tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan suvsiz kislota massasini (g) hisoblang?




2

Mis sulfatning 3 n eritmasidan 250 ml tayyorlash uchun necha gramm CuSO4 tuzidan kerak bo‘ladi?




3

Sulfat kislotaning 5n eritmasidan 150ml tayyorlash uchun necha gramm suvsiz kislota kerak bo‘ladi?




4

0,2n 1,2 l natriy karbonat eritmasini tayoyrlash uchun kristall sodaning qanday massasi talab etiladi?




5

0,2n 250 l natriy karbonat eritmasini tarkibida necha gramm suvsiz tuz bo‘ladi?




6

Natriy karbonatning massa ulushi 0,1 bo‘lgan eritmasini tayyorlash uchun 350 g suvda qancha massada (g) Na2CO3 ∙ 10H2O eritish kerak?




7

2 l 0,2 n mis sulfat eritmasini tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mis kuporosining massasini (g) hisoblang?




8

Kaliy ishqorning 28%li eritmasining (ρ=1,263g/ml) normalligini hisoblang?




9

1l o‘yuvchi natriyning 30%li eritmasi (ρ=1,328g/ml) ustiga 3 l suv qo‘shildi. Tayyorlangan eritmaning normal konsentratsiyasini hisoblang?




10

Kalsiy xloridning 20%li eritmasining (ρ=1,178g/ml) normalligini hisoblang?




11

Nitrat kilsotaning 10%li eritmasining (ρ=1,056g/ml) normalligini hisoblang?




12

Sulfat kislotaningning 91%li eritmasining (ρ=1,825g/ml) normalligi va molyarligini hisoblang?




13

250 ml 2n eritma tayyorlash uchun 12%li KOH eritmasidan (ρ=1,11g/ml) qanday hajmda olish kerak?




14

Fosfat kislotaning 400 ml 6,0 normalli eritmasini tayyorlash uchun 88%li fosfat kislota eritmasidan (ρ=1,72g/ml) qancha hajm olish kerak?




15

Xlorid kislotaning 400 ml 2,5 normalli eritmasini tayyorlash uchun 36,23%li nitrat kislota eritmasidan (ρ=1,18g/ml) qancha hajm olish kerak?




16

Natriy sulfatning 0,5 normalli eritmasidan 0,5 l tayyorlash uchun necha gramm glauber tuzi kerak bo‘ladi?




17

500 ml 0,5 n eritma tayyorlash uchun 2 n eritmadan qanday hajmda kerak bo‘ladi?




18

Sulfat kilsotaning 500 ml 0,5 n eritmasini tayyorlash uchun uning 2 n eritmasidan qanday hajmda olish kerak?




19

Nitrat kilsotaning 250 ml 1,2 n eritmasini tayyorlash uchun uning 4 n eritmasidan qanday hajmda olish kerak?




20

Natriy ishqorning 50 ml 4 n eritmasi bilan uning 450 ml 2 n eritmalari o‘zaro aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmagi ishqorning normal konsentratsiyasini aniqlang?




21

Kaliy ishqorning 150 ml 3 n eritmasi bilan uning 350 ml 2 mol/l eritmalari o‘zaro aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmagi ishqorning molyar konsentratsiya-sini aniqlang?




22

24,5 g H2SO4 ni ekvivalent miqdorini (g/ekv) aniqlang




23

5 l eritma tarkibida 3 g/ekv HCl bo‘lsa, shu eritmani nor- mal konsentratsiyasini aniqlang




24

5000 g suvga 68,4 g Ba(OH)2 qo‘shilishidan hosil bo‘lgan eritmaning (ρ=1 ,267 g/ml) normal konsentratsiyasini (N) aniqlang




25

9,8 g H2SO4 ning 0,2 N li eritmasining hajmini ( l ) aniqlang




26

10,25 g H2SO4 ning g/ekv lar sonini aniqlang




27

20,8 g Al(OH)3 ning g/ekv lar sonini aniqlang




28

6,67 g Fe2(SO4)3 ning g/ekv lar sonini aniqlang




29

6l eritma tarkibida 3 g/ekv NaCl bo‘lsa, shu eritmaning normal konsentratsiyasini aniqlang




30

1l eritma tarkibida 2 g/ekv NH4Cl bo‘lsa, shu eritmaning normal konsentratsiyasini aniqlang




31

500 g suvga 85,5 g Ba(OH)2 qo‘shilishidan hosil bo‘lgan eritma- ning (ρ=1,171g/ml) normal konsentratsiyasini (N) aniqlang




32

200 g suvga 98 g H2SO4 qo‘shilishidan hosil bo‘lgan eritmaning (ρ= =1,192g/ml) normal konsentratsiyasini (N) aniqlang




33

8,2 g H2SO3 ning 0,25 N li eritmasining hajmini ( l ) aniqlang




34

12,6 g HNO3 ning 0,5 N li eritmasining hajmini ( l ) aniqlang




35

3,5 N li (ρ=1,143g/ml) H2SO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang




36

3 N li (ρ=1,455g/ml) K2CrO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang




37

25 % li (ρ=1,25g/ml) NH4NO3 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




38

40 % li (ρ =1,2g/ml) Al(NO3)3 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




39

2,5 M li Fe2(SO4)3 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




40

5 M li CaCl2 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




41

3 N li Fe(NO3)3 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang




42

9 N li Al2(SO4)3 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang




43

4 N li (ρ =1,25 g/ml) NaOH eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang




44

3,2 N li (ρ=1,28 g/ml) CuSO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang




45

28 % li (ρ =1,2g/ml) KOH eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




46

26 % li (ρ = 1,2g/ml) BaCl2 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




47

4 M li Al2(SO4)3 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




48

0,5 M li Al(NO2)3 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang




49

6 N li H2SO3 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang




50

2 N li H3PO3 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang





39. Eruvchanlik.




Masala

T/J

1

Bariy xloridning 25°C dagi eruvchanlik koeffisiyenti 37,4 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi BaCl2 ning massa ulushi (%) qanday bo‘ladi?




2

Kalsiy nitratning 10°C dagi eruvchanlik koeffisiyenti 114,6 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi Ca(NO3)2 ning massa ulushi (%) qanday bo‘ladi?




3

Kaliy asetatning 10°C dagi eruvchanlik koeffisiyenti 233,9 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi CH3COOK ning massa ulushi (%) qanday bo‘ladi?




4

Kaliy nitratning 30°C dagi eruvchanlik koeffisiyenti 40g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi KNO3 ning massa ulushi (%) qanday bo‘ladi?




5

Cd(NO3)2 ∙ 4H2O ning 0°C dagi eruvchanlk koeffisiyenti 135,3 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yungan eritmasidagi Cd(NO3)2 massa ulushini toping?




6

Magniy nitrat kristallgidratining Mg(NO3)2 ∙ 6H2O ning 20°C dagi eruvchanlk koeffisiyenti 73,3 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yungan eritmasidagi Mg(NO3)2 massa ulushini toping?




7

Marganets xloridning 0°C da to‘yingan eritmasida MnCl2 ning massa ulushi 38,8% bo‘lsa, shu tuzning 0°C dagi eruvchanlik koeffisiyentini toping?




8

Natriy asetatning 0°C da to‘yingan eritmasida CH3COONa ning massa ulushi 26,63% bo‘lsa, shu tuzning 0°C dagi eruvchanlik koeffisiyentini toping?




9

Natriy nitratning 20°C da to‘yingan eritmasida NaNO3 ning massa ulushi 0,467 bo‘lsa, shu tuzning 20°C dagi eruvchanlik koeffisiyentini toping?




10

Natriy sulfatning 10°C da to‘yingan eritmasida NaSO4 ning massa ulushi 0,0876 bo‘lsa, shu tuzning 10°C dagi eruvchanlik koeffisiyentini toping?




11

Natriy sulfidning 20°C da to‘yingan eritmasida tuzning massa ulushi 15,68% bo‘lsa, shu tuzning 20°C dagi eruvchanlik koeffisiyentini toping?




12

Natriy xloridning 10°C da to‘yungan 200g eritmasini quriguncha bug‘latish yo‘li bilan 52,6 g tuz olindi. Natriy xloridning 10°C li suvdagi eruvchanligi qanchaga teng?




13

Bariy xloridning 15°Cda to‘yingan 128 g eritmasi-dan suvni bug‘latib yuborish yo‘li bilan 41 g kristal-gidrat BaCl2 · 2H2O olindi. Bariy xloridning eruvchanligini toping?




14

Natriy asetatning 60°C da to‘yingan 200g eritmasini 10°C gacha sovutilganda necha gramm cho‘kma tushadi? (60°C=139,5; 10°C=22,66 )




15

Mis (II) xloridning 500 g 60°C li to‘yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda necha gramm cho‘kma tushadi? (60°C=70,8; 20°C=50 )




16

330g massali natriy sulfidning 80°C da to‘yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda necha gramm cho‘kma tushadi? (80°C=49,2; 20°C=18,6)




17

Qandaydir tuzning 450g massali 60°C da to‘yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda necha gramm cho‘kma tushadi? (60°C=127,4; 20°C=87,6)




18

Kaliy xloridning 80°C da to‘yingan 604,4g eritmasini 20°C gacha sovutilganda necha gramm KCl cho‘kmasi tushadi? (80°C=51,1; 20°C=34,0)




19

Kaliy nitratning 60°C da to‘yingan 300 g eritmasini bug‘latish yo‘li bilan shu tuzdan qancha massada olish mumkin? (60°C=110)




20

50°C da to‘yingan 277 g eritmada necha gramm qo‘rg‘oshin nitrat bo‘ladi? (C=88)




21

45°C da 7,5 g kaliy sulfatni eritish uchun kamida qancha massada (g) suv kerak? (C=15)




22

165 g kaliy nitratni eritib, 35°C da to‘yingan eritma hosil qilish uchun necha gramm suv olish zarur? (35°C=70)




23

Massasi 200g bo‘lgan mis sulfatning 90°C li to‘yungan eritmasini 30°C gacha sovutilganda necha gramm CuSO4 · 5H2O kristallgidrati hosil boladi? (90°C=40; 30°C=20)




24

Massasi 1642g bo‘lgan magniy sulfatning 80°C li to‘yungan eritmasini 20°C gacha sovutilganda necha gramm MgSO4 · 6H2O kristallgidrati hosil boladi? (80°C=64,2; 20°C=44,5)




25

Bariynitratning 60°Cdato‘yungan 240geritmasiniqurigunchabug‘latishyo‘libilan 40 gtuzolindi. Natriyxloridning 60°Clisuvdagieruvchanligiqanchagateng?




26

80°C da to‘yintirilgan eritmaning massasi 310 g. Bu eritmadagi suvning massasi tuzning massasiga qaraganda 90 g ortiq. Eritma 0°C gacha sovutilganda qancha gramm tuz ajraladi




27

(80°C da 100 g suvda 55,0g tuz eriydi, 0°C da 14,30g tuz eriydi)




28

239,5 g kristallgidratda tuzning miqdori suvga qaraganda 79,5 g ortiqligi ma’lum bo‘lsa, shu tuzning 20%li 1000g eritmasini tayyorlash uchun tuz kristallgidrati va suvdan qancha massada (g) olish kerak?




29

20 o C da 200 g suvda 148 g CaCl2 eritilganda to‘yingan eritma hosil bo‘lsa, shu tuzning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang




30

NaNO3 ning 25 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 91,6 ga teng. Shu temperaturada 500 g suvga necha gramm NaNO3 qo‘shilsa, to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?




31

Na2CO3 ning 80 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 45 ga teng. Shu haroratda to‘yingan eritma hosil qilish uchun 144 g Na2CO3 ni necha gramm suvda eritish kerak?




32

KClning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak




33

100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250) C=10,5; S(1000C) =34,4)




34

20 oCda 250 gsuvda 220 gNaNO3eritilgandato‘yinganeritmahosilbo‘lsa, shutuzning 20oCdagieruvchanlikkoeffitsiyentinianiqlang




35

30 oCda 150 gsuvda 55,5 gKCleritilgandato‘yinganeritmahosilbo‘lsa, shutuzning 20 oCdagieruvchanlikkoeffitsiyentinianiqlang




36

KCl ning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. Shu haroratda 600 g suvga necha gramm KCl qo‘shilsa, to‘yingan eritma hosil bo‘ladi




37

NaCl ning 80 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 38,4 ga teng. Shu haroratda 150 g suvga necha gramm NaCl qo‘shilsa, to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?




38

K2SO4 ning 40 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 64 ga teng. Shu haroratda to‘yingan eritma hosil qilish uchun 192 g K2SO4 ni necha gramm suvda eritish kerak?




39

Na2SO4 ning 30 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 50 ga teng. Shu temperaturada to‘yingan eritma hosil qilish uchun 120 g Na2SO4 ni necha gramm suvda eritish kerak?




40

NH4Clning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 37 ga teng. 250 g suvda 50 g NH4Cl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm NH4Cl qo‘shish kerak?




41

NaNO3 ning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 88 ga teng. 300 g suvda 200 g NaNO3 eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm NaNO3 qo‘shish kerak?




42

100 oC dagi KCl ning 785 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=35; S 100oC)=57)




43

100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104)






Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin