№
|
Masala
|
T/J
|
1
| Hajm bo‘yicha 50% azot va 50% kisloroddan tashkil topgan gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligini aniqlang? |
|
2
| Tarkibi 25% ozon bo‘lgan ikki gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng. Ozonga qaysi gaz aralashgan? |
|
3
| Tarkibida 20 hajm kislorod, 30 hajm azot va 50 hajm geliy bo‘lgan gazlar aralashmasining molyar massasini hisobalang |
|
4
|
Tarkibida 10 hajm kislorod, 50 hajm argon va 40 hajm azot bo‘lgan gazlar aralashmasining molyar massasini va havoga nisbatan zichligini hisobalang?
|
|
5
| Hajmiy tarkibi 80% metan va 20% noma’lum gazdan tarkib topgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 9,6 ga teng. Noma’lum gazning molekulyar massasini aniqlang |
|
6
| Hajmiy tarkibi 40% kislorod va 60% ozondan tarkib topgan gazlar aralashmaning o’rtacha molekulyar massasini aniqlang |
|
7
| Hajmiy tarkibi 40% metan va 60% noma’lum gazdan tarkib topgan gazlar aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 12,8 ga teng. Noma’lum gazning molekulyar massasini aniqlang? | |