2.4. Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish
57.
“Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar sonini 30 foizga yetkazish.
1. Tashkiliy chor�-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida:
“Bir million dasturchi” loyihasi to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boshqarmalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari, informatika fanlari o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha onlayn vebinarlar tashkil etish;
xotin-qizlarning IT-pa�klarga sayohatlarini tashkil qilish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish.
Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini, shu jumladan qizlarni rag‘batlantirish.
1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Barcha fanlardan yaxshi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, j�moat ishlarida faol ishtirok etgan, namunali xulq atvorga ega o‘quvchilar, shu jumladan qizlar uchun “Rektor stipendiyasi”ni joriy qilish.
3. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan stipendiya tayinlash va to‘lash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab
Hisob-kitoblarga asosan, OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
59.
Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini tabiiy fanlar, texnologiya va matematika yo‘nalishlarida variativ o‘quv rejalari asosida o‘qitish tizimini joriy qilish.
1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida hududlar ehtiyojini inobatga olgan holda variativ o‘quv rejalari asosida o‘qitish tizimini joriy etish va takomillashtirib borish.