2. Hududlar va respublika miqyosida ularning qizlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini tizimli ravishda tashkil etish.
Doimiy
3. Yosh qizlarga ustozlik qilib, ularga ta’lim-tarbiya beradigan fidoyi ustoz-murabbiylarning tajribalarini ko‘rsatuv, maxsus reportajlar tayyorlash va efirga uzatish orqali ommalashtirish.
4. Nuroniy onaxonlarni rag‘batlantirish, shuningdek, har yili 8-mart bayrami arafasida “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni, davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha tavsiyalar berish.
67.
“Buvijonlar ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.
1. Tadbirlar reja-grafigini ishlab chiqish.
2022-yil may
-
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
“Nuroniy” jamg‘armasi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
AOKA,
O‘zMTRK,
O‘zA,
EOAVMA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Reja-grafik asosida sohalar kesimida jonkuyar nuroniy onaxonlar ishtirokida quyidagi mavzularda ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish:
“Keksa shifokor — millat sog‘lig‘iga madadkor” mavzusida yoshi ulug‘ shifokorlar;
“Adolat tarozisini mahkam tutib” mavzusida nafaqada bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari;
“Go‘zal yurtim imoratlari poydevorining egasi” mavzusida quruvchi-ayollarning keksa avlodi vakillari;
“Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedagoglar va o‘quvchilar;
“Ilmi ummon sharafiga sazovorlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot muassasalarida uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan, nafaqaga chiqqan akademik, professor, siyosatchi, olima, dirijyor, muhandis, bastakor, rassom, faxriy o‘qituvchi va boshqalar.
2022-2023-yillarda reja-grafik asosida
3. Tadbirlarga ta’lim muassasalari o‘quvchi-qizlari, uy bekalarini manzilli jalb etish.
68.
“O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida turkum ko‘rsatuv, eshittirish va ma’rifiy materiallar tayyorlash va keng yoritish.
1. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Ayollar maslahat kengashlari”, “Bibixonim maktabi” a’zolarini ko‘rsatuv va eshittirishlarga jalb etish.
2. Ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida (shu jumladan, tarmoq gazeta va jurnallarda) turkum ko‘rsatuv, eshittirish va ma’rifiy materiallarni uzluksiz yoritish va efirga uzatib borish.
2022-yil iyundan boshlab muntazam
-
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
AOKA,
O‘zMTRK,
O‘zA,
EOAVMA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari