IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish
|
Talab: Bola boshqalarning his-tuyg‘ularini farqlashi va o‘zinikini ifodalashga qodir
|
0-1 yosh
|
1-2 yosh
|
2-3 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
atrofdagilar kayfiyatini so‘zlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand bo‘lyapti, bobomning jahli chiqyapti);
qarsak chaladi, xursand bo‘ladi, biron-bir tovush yoki harakati atrofdagilarga ta’sir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi.
|
kattalarning unga munosabatidan o‘z hissiyotlarini, taassurotlarini namoyon qiladi;
hayrat, zavq, qo‘rqinchni ifodalaydi;
mustaqil o‘yin harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan quvonchni (xafalikni) ko‘rsatadi.
|
muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga asossiz tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi;
boshqalarga achinadi, qayg‘uradi;
boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlaydi va shunga mos munosabat bildiradi.
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT
|
bolaning har bir yutug‘ini maqtash va qo‘llab-quvvatlash;
o‘yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;
oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o‘ynash;
o‘yin vaqtida bolaga o‘ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat qilish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo‘nda tushuntirish;
baland tovush va shovqinlarni cheklash.
|
bola bilan u bilan bog‘liq bo‘lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;
bolaga rad javobi berilishi sababini tushuntirish;
bolaning jahli chiqqanda, xafa bo‘lganda yoki o‘zini yomon his etganda yonida bo‘lish.
|
bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so‘zlarni qo‘llash;
multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so‘zli o‘yinlardan foydalanish, kayfiyat va his-tuyg‘ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o‘qish.
|
|