illyustratsiya, o‘yinchoq, xalq amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional ta’sirlanadi;
tabiat obyektlarida, o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi;
tanish qo‘shiqlarni biladi;
diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi;
tasviriy san’at elementlaridan foydalanadi.
|
O‘zbekiston xalq amaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega (so‘zana, keramika);
san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor);
ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik);
ayri� arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi);
qo‘shiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi;
ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira);
musiqaga monand raqsga tushishi mumkin.
|
musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi;
musiqaga monand harakatlar o‘ylab topishi mumkin;
badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin;
amaliy san’at turlari haqida birlamchi tushunchaga ega;
shaxsiy loyihalar yaratishda g‘oyalar bildiradi;
musiqada uslublarni farqlaydi;
kichik ssenariylar tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkil eta oladi;
tabiiy materiallardan qo‘l ishlari yasaydi;
kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin.
|
she’rni ifodali o‘qib bera oladi;
tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;
she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;
musiqiy asarning xarakterini aniqlashga qodir;
bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;
tasviriy san’at turlarini farqlaydi.
|