1. Rejalashtirish mazmuni va uning turlari Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish


Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish



Yüklə 54,08 Kb.
səhifə2/2
tarix11.04.2023
ölçüsü54,08 Kb.
#96254
1   2
1507566000 69200

2. Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish


Sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik rejasi 2–3 va undan ko‘p yilga mo‘ljallanib, sportchilarning yoshi, tayyorgarligi, sport staji va boshqa omillariga qarab tuzib chiqiladi. Ko‘p yillik reja ishlab chiqishda quyidagilar asos bo‘ladi: yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlikning davomiyligi, sportchilarning optimal yoshi, individual xususiyatlari, moddiy-texnik ta’minoti va boshqa omillar.
Har bir sport turida sport ustasi normasi (me’yori)ni bajarish muddati u qaysi sport turi ekanligiga bog‘liq. Masalan, ayollar uchun gimnastikadan sport ustaligini bajarish uchun taxminan 6 yildan ko‘proq vaqt talab etiladi (albatta bu sportchining o‘ziga ham bog‘liq), voleybolda esa 3,5 yil. Demakki, ko‘p yillik reja tuzishda har bir sportchiga yuqori natijalarga erishishda taxminiy yil o‘rnatish mumkin. O‘rtacha hisobda olganda bitta razryaddan boshqa razryadga o‘tishda 1–1,5–2 yil mashq qilish talab etiladi. Shuningdek, sport turiga qarab sport mahoratining oshish davri ham turlicha. Masalan, suzish sportini olamiz:

2-rasm. Suzish sportida mahoratni oshirish davri.
Suzishda III razryaddan II razryadga o‘tish uchun taxminan 1 yil yoki sport ustasidan XTSUni bajarish uchun 2,5 yil vaqt kerak (albatta bu sportchi mahoratiga bog‘liq).
Ko‘p yillik rejani to‘g‘ri ko‘rishda qanday yosh davri yuqori natijalarga erishishda eng maqbuli hisoblanishini bilish kerak. Hozirgi sport natijalarining ko‘p yillik dinamikasida uchta yosh zonalari ajralib turadi:

  1. birinchi katta yutuqlar zonasi;

  2. optimal imkoniyatlar zonasi;

  3. yuqori natijalarni (yutuqlarni) saqlab turish zonasi.

Turli sport turlarida sport natijalari zonalarining yosh chegarasi turlicha bo‘ladi. Bunda erkak va ayollarning ko‘rsatkichlari olinadi.
Ko‘p yillik rejalashtirish sportchilarning «Sport ustasi» normasini iloji boricha birinchi zonada bajarishga qaratilishi lozim. 2-jadval Turli sport turlarida yutuqlarning yosh zonalari

Sport turi

Birinchi katta yutuqlar zonasi

Optimal imkoniyatlar zonasi

Yuqori natijalarni saqlab turish zonasi

Erkaklar

Ayollar

Erkaklar

Ayollar

Erkaklar

Ayollar

Suzish

11–17

12–15

18–22

16–20

23–25

21–23

Gimnastika

19–21

15–18

22–27

19–24

28–32

25–30

Qilichbozlik

19–21

17–19

22–28

20–26

29–32

27–30

Velosport

19–21

17–19

22–26

14–20

27–30

25–28

Yakkakurashlar

20–23



24–28



29–32



Og‘ir atletika

20–24



25–30



31–34



Boks

18–20



21–25



26–28



Eshkak eshish

17–20

16–18

21–25

19–24

26–28

25–28

Basketbol

20–22

16–18

23–26

19–25

27–30

26–28

Futbol

21–22



23–26



27–30



O‘q otish

20–25

18–20

26–30

21–30

31–40

31–40

Ot sporti

23–25

20–22

26–30

23–25

31–40

26–30

Suv polosi

20–21



22–25



27–30



Yengil atletika:
100 m ga yugurish

19–21

17–19

22–24

20–22

25–26

23–25

500 m ga yugurish

23–24



25–27



28–29



Marafon

25–26



27–30



31–35



Balandlikka sakrash

20–21

17–18

22–24

19–22

25–26

23–24

Uzunlikka sakrash

21–22

17–19

23–25

20–22

26–27

23–25

Disk uloqtirish

23–24

18–21

25–26

22–24

27–28

25–26

Beshkurash



21–22



23–25



26–28

U yoki bu sport turi spetsifikasini ko‘p jihatdan kelajak rejaning alohida bo‘limlari aniqlaydi. Natijalari obyektiv hajmlarda o‘lchanmaydigan sport turlarida sportchilarning ko‘rsatkichlari dinamikasini bir qator nazorat ko‘rsatkichlari yoritib beradi. Misol uchun yakkakurashchilarda bu: 1) harakatlar texnikasi hajmi; 2) ko‘p qirralik; 3) samaradorlik; 4) jismoniy qobilyatlarning o‘sish bosqichi; 5) ruhiy rivojlanish holatlarida ko‘rinadi.
Qoidaga ko‘ra, individual perspektiv rejalashtirish quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1) sportchining qisqa tavsifnomasi; 2) ko‘p yillik mashg‘ulotlarning asosiy maqsad va vazifalari; 3) tayyorgarlik bosqichlari va ularning davomiyligi; 4) har bir bosqichdagi asosiy musobaqalar; 5) mashg‘ulot jarayonining asosiy yo‘nalishlari; 6) har bir bosqichda mashg‘ulotlar, bellashuvlar va dam olishning belgilanishi; 7) sport-texnik ko‘rsatkichlar; 8) sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini tavsiflovchi nazorat me’yorlar; 9) mashg‘ulotning asosiy vositalari; 10) mashg‘ulot yuklamalarining taxminiy hajmi va samaradorligi (bosqichlar bo‘yicha); 11) pedagogik va tibbiy nazorat (tekshiruv).

3. Yillik reja, uning tarkibi va ishlab chiqish uslubi


Yillik reja odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan bo‘ladi: sportchining qisqacha tavsifnomasi; bir yilga mo‘ljallangan asosiy maqsad va vazifalar; yil davomida bo‘ladigan asosiy musobaqalar taqvimi; tayyorgarlik sikllari; nazorat me’yorlari; qo‘shimcha vositalarni qo‘llash; pedagogik va tibbiy tekshiruvlar va boshqalar.
Yillik rejalashtirish ishlari kelayotgan joriy yil uchun mashg‘ulot tavsifnomasini tuzishdan boshlanadi. Bu esa sportchining jismoniy xususiyatlari, tayyorgarligi dinamikasi, sport formasi, mashg‘ulotlar yuklamasini o‘z ichiga oladi. Tavsifnoma albatta asosiy xato va kamchiliklar, tegishli xulosalarning tahlili bilan yakunlanishi lozim. Bu kelajakdagi ishlar yo‘nalishini aniqlab beradi.
Keyin, aniq maqsadlarga qaratilgan yillarning, barcha musobaqalarning aniq taqvimi kiritilgan (asosiy, saralash, ikkinchi darajali mashg‘ulotli musobaqalar). Masalan, asosiy saralash musobaqalarida ma’lum bir natijani ko‘rsatish, ikkinchi darajali musobaqalarda yangi taktik variantni qo‘llab ko‘rish, yangiliklarni tekshirib ko‘rish.
Keyingi bosqich – tayyorgarlikning siklliligini hamda sport formasi dinamikasini aniqlash. Tayyorgarlik siklini o‘rganib bo‘lgach, tayyorgarlik turlari bo‘yicha (jismoniy, texnik, taktik va boshqalar) mashg‘ulot jarayoni tarkibini, so‘ng esa yuklamalar hajmi va xususiyatini aniqlashga o‘tiladi.
Yillik rejalashtirish reja-grafik, jadval yoki jadval-grafik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Amaliyotda qo‘llanadigan mashg‘ulotni ko‘p qirrali rejalashtirish murabbiyga ancha keng imkoniyatlarni yaratib beradi.


4. Oylik (mezotsiklli) va haftalik (mikrotsiklli) rejalashtirish
Yillik rejalashtirish asosida mashg‘ulot rejasini, ancha qisqa davrdagi mashg‘ulot jarayonini tuzib chiqish mumkin (bosqich, oylik (mezotsikl), haftalik (mikrosikl) mashg‘ulot kuni va alohida mashg‘ulot).
Sport amaliyotida mashg‘ulotni oylik va haftalik rejalashtirish keng qo‘llaniladi. Mashg‘ulotni mezo va mikrotsikllarda rejalashtirishda quyidagilarni inobatga olish zarur:

  1. Mashg‘ulotni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishi (chidamlilik, kuch, tezlik va koordiniatsion sifatlarni rivojlantirish, texnik tayyorgarlikni mustahkamlash).

  2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vosita usullari xarakteri.

  3. Har bir mikrotsiklda mashg‘ulotlar tarkibini aniqlashda jismoniy sifatlar xususiyatlari.

  4. Mashg‘ulot yuklamalari hajmi va jadalligi parametrlari, mashg‘ulot jarayonida ularning o‘zgarishi.

  5. Yuklamalarning turli yo‘nalish va hajmdagi ketma-ketligi (joylanishi).

  6. Sport formasining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beruvchi nazorat mashqlari yoki ko‘rsatkichlari.

Oylik va haftalik rejalashtirish shakllari (formalari) turlicha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan sport turiga, sportchi mahoratiga, holatiga, tayyorgarlik talablari va shartlariga, murabbiyning ish tajribasiga, uning dunyoqarashi va mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bunda ancha samarali ishlatiladigani reja-jadval yoki reja-grafik sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi farmon – 2002-yil, 24-oktabr.

  2. Barkamol avlod orzusi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent, 2000.

  3. T.S. Usmonxo‘jayev va boshqalar. «Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatlari». O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, «ILM-ZIYO», 2006.

  4. L.P. Matveyev, A.D. Novikov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. I tom. – Toshkent, «O‘qituvchi», 1975.

  5. K.M. Mahkamjonov, X.B. Tulenova. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Ma’ruzalar matni. II qism. – Nizomiy nomidagi TDPU. 2002.

  6. «Trenerlik metodikasi» fanidan namunali o‘quv dasturi. – Toshkent, 2011.

  7. T.S. Usmonxo‘jayev, O‘. Tursunov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. – Toshkent, «O‘qituvchi», 2004.

Yüklə 54,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin