1-respublika abu ali ibn sino nomli jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə2/3
tarix26.02.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#53147
1   2   3
Ayirish tizimining yosh xususiyatlari va gigienasi

Osteotsitlar o’simtali hujayralar bo’lib, o’z shakliga mos keladigan bo’shliqlarda joylashadi va o’simtalari bilan o’zaro bog’langan. Osteotsitlar suyak to’qimasining asosiy hujayralari hisoblanib, hujayra markazi (sentrosomalar) topilmagan, shu sababli bu hujayralar bo’linish qobiliyatiga ega emas.

Osteoblastlar (osteon – suyak; blastos – kurtak) suyak usti pardasida va suyakning yangidan hosil bo’layotgan joylarida uchraydi. Bular suyak hosil qiluvchi yosh hujayralardir. Bu hujayralar doimo oqsil sintez qilib hujayralararo moddaga ajratib turadi, hujayralararo modda hosil bo’lishi tugagandan so’ng ular aktiv bo’lmagan suyak hujayralariga – osteotsitlarga aylanadi.

Osteoklastlar (osteon – suyak, clasio – parchalanish, yemirilish) – bu hujayralar ohaklangan tog’ay va suyak to’qimalarining yemirilishida aktiv ishtirok etadi. Ular makrofaglarning maxsus turi bo’lib, suyak to’qimasi bilan uchrashgan yeridao’yiqlar (lot. – lacuna) hosil bo’ladi. Osteoklastlarning suyak to’qimasini yemirishida ular ajratib chiqaradigan CO2 muhim rol o’ynaydi, deb hisoblanadi.

Tanadagi mavjud suyaklar quyidagi rasmlarda nomlari bilan ko’rsatilgan:
Oramizdan deyarli ko’pchilik bosh suyaklarining tuzilishi, umuman olganda, ularning soni, birikish chegaralari haqidagi ma’lumotlarga qiziqsalar kerak deb o’ylagan holda rasmlar borasida ko’proq bosh suyaklariga urg’u berishga qaror qildik.

Ko’rib turganingizdek bosh suyaklari bir-biri bilan o’ziga xos tarzda turli xil choklar hosil qilib birikkan. Bu choklardan eng mustahkami chakkaning tangasimon choki (ing. squamous suture) hisoblanadi.


Son suyagi tanadagi eng qattiq suyak bo’lsa, yanoq suyagi yoyi esa inson yuz qismidagi suyaklarning eng qattig’idir.
Yana bir ma’lumot – miya qutisi suyaklarining ichki yuzasida bosh miyadan qon olib ketuvchi venoz sinuslarning egatlari mavjud, bu egatlar bosh hali suyaklanmagan vaqtda yuzaga keladi.


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin