1. sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Portlatish vositalari ta
1 guruh: granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik guruhlarga bo’linadi:
Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B, AC8B lar misol bo’ladi.
Nam sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Ularga: granulit AC4, granulit AC8, grammonit 79-21, grammonit 80-20, grammonit 82-18 portlovchi moddalari kiradi.
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda portlash ishlarini olib borishga mo’ljallangan patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli zichlashtirtilgan portlovchi moddalar.
3 guruh: suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar bo’lib, ular o’z navbatida quyidagi 4 ta kichik guruhlarga bo’linadi
Quruq yoki suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallagan standart diametrli patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit skalniy №1 portlovchi moddasini misol qilish mumkin.
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan o’rtacha mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlariga mo’ljallangan standart diametrli patronlarga joylashtirilgan va qadoqlanmagan o’rtacha quvvatli, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit №6JV (etalon portlovchi modda) portlovchi moddasini misol qilish mumkin.
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan standart va kichik diametrli patronlar ichiga joylashtiriligan nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ularga Detonit M Detonit 10A portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan plastik portlovchi moddalar. Ularga Akvanal №1, Akvanit portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.