1. sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Portlatish vositalari ta
PORTLATISH VOSITALARI TASNIFI. INITSIYALOVCHI PORTLOVCHI MODDALAR VA ULARNING QO‘LLANISH SOHASI. Portlovchi modda zaryadiga boshlangich impulsini uzatish manbasiga qarab, portlatish vositalari kuyidagi 4 (5) guruhga klassifikatsiyalanadi:
Olovli usulda portlatish vositalari: kapsulali – detonatorlar, yondiruvchi patronlar, olov o‘tkazuvchi shnur (OSH) va OSH ni yondirish vositalari.
Elektr usulda portlatish vositalari: elektr – detonator, ulovchi simlar, tok manbai, nazorat-ulchash asboblari.
Elektr-olovli usulda portlatish vositalari: olov utkazuvchi shnur, kapsulali – detonator va elektr yondirgich.
Detonatsiyalovchi shnur yordamida portlatish vositalari: detonatsiyalovchi shnur (DSH), olovli, elektr yoki elektr-olovli usulda portlatish vositalari.
Keyingi paytlarda yangi avlod adabiyotlarida 5-guruh sifatida Volnovod yordamida portlatish vositalari yoki SINV (elektr tokisiz portlashni qo‘zg‘atish vositalari) qaralmoqda. Lekin ushbu guruh vositalari ham mohiyati jihatidan xuddi 4-guruh portlatish vositalariga o‘xshash. (SHuning uchun ham portlatish vositalarini 4 ta guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lardi).