1 savol Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini teksh
116-savol O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati... bu?
- O‘qituvchining aktyorlik san’ati
- O‘qituvchining notiqligi
- O‘qituvchining pantomimikasi
- O‘qituvchining mimikasi
117-savol ... ta’lim – jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lisoniy va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, har bir insonga umumta’lim muassaslarida o'qish imkoniyatini beradigan ta'lim shakli. To‘g‘risini toping.
- Ixtisoslashtirilgan
- Inklyuziv
- Differensiyalangan
- Integratsiyalangan
118-savol Komenskiy grammatik, fizik, matematik, etik, dialektik, ritorik degan olti xil nom bilan nimani atadi?
- Ona maktabining sinflarini
- Ona tili maktabi ning sinflarini
- Lotin maktabining sinflarini
- Akademiyaning sinflarini
119-savol Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratini na¬mo¬yon etuvchi asosiy vositani belgilang?
- O’quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari
- Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining o’zaro faoliyati
- Standart va nostandart mashg’ulotlarni o’tkazish
- O’quv materiallarini nazariy va amaliy jihatdan puxta o’zlashtirishi
120-savol Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqichlarini aniqlang?
- Mustahkam (nazariy) va amaliy
- Shaxsni bilish, axborot almashish, faoliyatni tashkil etish
- Modelni tuzish, muomalani boshqarish, muomalani tahlil etish
- Tajriba o‘rganishning maqsadi va vazifasini tuzish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyoti va pedagogik fanning dolzarb masalalarini hal etishda usta-o‘qituvchining erishgan yutuqlarini aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, muomala, xulosa
121-savol Husnixatga doir dastlabki kitobni kim yozgan?
- Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy - “Odob as-solihin”
- So‘fi Olloyor - “Sabot ul-ojizin”
- Jaloliddin Davoniy - “Axloqiy Jaloliy”
- Munis Xorazmiy - “Savodi ta’lim”
122-savol Turkistonda XIX asrning 2-yarmida mavjud bo`lgan madrasalarda ta`lim necha bosqichda bo`lgan?
- 5 bosqich
- 4 bosqich
- 2 bosqich
- 3 bosqich
123-savol Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oya nima?
- Tarbiyaning umumiyligi
- Tarbiyaning dunyoviyligi
- Tarbiyaning milliyligi
- Tarbiyaning xalqchilligi
124-savol Turkiy qavmlarning urf-odatlari, an’analari, odob-axloqlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud asarni toping.
- «Qobusnoma»
- “Qutadg‘u bilig”
- «Hibatul haqoyiq»
- “Devonu lug‘atit turk”