17-savol: Proektiv testlar deb qanday testlarga aytiladi? Javob: (lotincha rgospevglo oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma'nosini bildiradi): proektsiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganishga qaratilgan metodlar majmuasi proektiv testlar deyiladi.
Manba:Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 35-bet
18-savol: Tajriba (eksperiment) metodi nimani o‘rganadi? Javob: Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o‘spirin, balog‘atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun'iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o‘sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 36-bet
19-savol: Tabiiy metod nimani o‘rganadi? Javob: Psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo‘llanadi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 36-bet
20-savol: Tabiiy metodning ilmiy asoslarini nechanchi yilda kim ta'riflagan? Javob: Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta'riflagan.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 36-bet
21-savol: Laboratoriya metodi nimani o‘rganadi? Javob: Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 37-bet